Qd = 800 - 20 • 1500 + 2-15500 = 200 Agar iste'molchi daromadi ozgarmas bo'lib, R=15500 somga teng bo'lsa, u holda bir omilli nonga talab funksiyasini olamiz: 50 Qd = 30200 - 20 • Pn yoki non narxi (Pn) 1500 som bo'lib, ozgarmas bo'lsa, biz daromadga bog'liq nonga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz. Qd = 31200 - 2 • R. Talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi barcha omillarni hisobga oladigan bo'lsak, ko'p omilli (o'zgaruvchili) talab funksiyasi quyidagicha yoziladi: Qd = f (P, R, T ,W, Ps, Pc, N, O) Bu yerda: Qd - talab; R - iste'molchilar daromadi; T - iste'molchilar didi; W- kelgusidagi o zgarishlarni kutishlar; PS- o'rinbosar tovarlar narxi; PC - bir-birini to'ldiruvchi tovarlar narxi; N- xaridorlar soni; O - boshqa omillar. Shunday qilib, ko'p omilli talab funksiyasi yordamida, talab miqdorining unga ta'sir qiluvchi omillar (yoki bir qator omillar ta'siri ozgarmas bo'lganda qolgan omillar) ta'siri bo'yicha o'zgarish qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin. Xuddi talabdagi singari taklif va unga ta'sir ko rsatuvchi omillar ortasidagi bog'liqlikni funksiya orqali ifodalash mumkin. Taklif funksiyasi bir birlik tovar narxi P bo'lganda sotuvchilar maksimal darajada qancha miqdorda tovar taklif qilishi mumkinligini korsatadi. Taklifga faqat bitta omil, masalan tovarning narxi ta'sir korsatganda bir o'zgaruvchili taklif funksiyasi quyidagi ko'rinishda yoziladi: Qs = f (p ) bu yerda Qs - tovar taklifi miqdori; P- bir birlik tovar narxi. Bir o'zgaruvchili taklif funksiyasini chiziqli tenglama ko rinishida ham yozish mumkin: QS = a + b • P