2-Tema. Talap ha’m usinis analiz tiykarlari


Taklif va unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahlili



Yüklə 171,03 Kb.
səhifə4/12
tarix22.12.2023
ölçüsü171,03 Kb.
#189349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 TEMA LEKSIYA

Taklif va unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahlili

Taklif ma'lum vaqt oraligida, turli narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilarning) ma'lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarni sotishga bo'lgan xohishi va imkoniyatlarini aks ettiradi.
Taklif hajmi va haqiqatda sotilgan tovarlar hajmi o'rtasida farq mavjud. Taklif hajmi sotuvchilarning bozordagi hatti-harakatini ifodalasa, haqiqatda sotiladigan tovarlar hajmini xaridor va sotuvchilar birgalikda aniqlaydi.
Narxlar taklifning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Narx va taklif o rtasidagi bog'liqlikni quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin (3.2-jadval).
3.2-jadval
Do' konning bir oylik shakar taklifi

Shakarning narxi (P), so'm/kg

4500

5000

5500

Taklif hajmi, tonna

4

7

10

Manba: shartli raqamlar asosida tuzilgan.

Yuqorida keltirilgan jadvaldan ma'lumki, bir kg shakarning narxi 4500 so'm bo'lganda sotuvchi 4 tonna, 5000 so'mda 7 tonna va 5500 so'mda 10 tonna shakarni sotishga xohishi va imkoniyati mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, tovarning narxi bilan taklif miqdori o'rtasida to g ri bog'liqlik mavjud. Narx oshsa, taklif miqdori ham oshadi yoki aksincha narx pasaysa, taklif miqdori ham qisqaradi. Tovarning narxi bilan taklif miqdori o'rtasida togri bog'liqlikni taklif qonuni deb ataymiz.
Taklif qonuninig mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) uchun mahsulot birligiga nisbatan olinadigan daromadni (pul tushumini) anglatadi va narxlarning oshishi sotuvchilarning daromadlarini oshiradi. Shu tufayli qimmat narxlar sotuvchilarni taklif hajmini oshirishga rag'batlantirsa, arzon narxlar taklif hajmini qisqartirishga signal bo'ladi.

Yüklə 171,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin