Taklif ma'lum vaqt oraligida, turli narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilarning) ma'lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarni sotishga bo'lgan xohishi va imkoniyatlarini aks ettiradi. Taklif hajmi va haqiqatda sotilgan tovarlar hajmi o'rtasida farq mavjud. Taklif hajmi sotuvchilarning bozordagi hatti-harakatini ifodalasa, haqiqatda sotiladigan tovarlar hajmini xaridor va sotuvchilar birgalikda aniqlaydi. Narxlar taklifning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Narx va taklif o rtasidagi bog'liqlikni quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin (3.2-jadval). 3.2-jadval Do' konning bir oylik shakar taklifi
Shakarning narxi (P), so'm/kg
4500
5000
5500
Taklif hajmi, tonna
4
7
10
Manba: shartli raqamlar asosida tuzilgan.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ma'lumki, bir kg shakarning narxi 4500 so'm bo'lganda sotuvchi 4 tonna, 5000 so'mda 7 tonna va 5500 so'mda 10 tonna shakarni sotishga xohishi va imkoniyati mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, tovarning narxi bilan taklif miqdori o'rtasida to g ri bog'liqlik mavjud. Narx oshsa, taklif miqdori ham oshadi yoki aksincha narx pasaysa, taklif miqdori ham qisqaradi. Tovarning narxi bilan taklif miqdori o'rtasida togri bog'liqlikni taklif qonuni deb ataymiz. Taklif qonuninig mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) uchun mahsulot birligiga nisbatan olinadigan daromadni (pul tushumini) anglatadi va narxlarning oshishi sotuvchilarning daromadlarini oshiradi. Shu tufayli qimmat narxlar sotuvchilarni taklif hajmini oshirishga rag'batlantirsa, arzon narxlar taklif hajmini qisqartirishga signal bo'ladi.