2-Tema. Talap ha’m usinis analiz tiykarlari


-súwret. Talap muǵdarınıń ózgeriwi



Yüklə 171,03 Kb.
səhifə2/12
tarix22.12.2023
ölçüsü171,03 Kb.
#189349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 TEMA LEKSIYA

3. 2-súwret. Talap muǵdarınıń ózgeriwi
Yuqoridagi 3.2-rasmdan ko'rinib turibdili, narx P1 ga teng bo'lganda iste'molchining Q1 miqdordagi mahsulotni sotib olishga talabi bo'lsa, narx
P2 ga oshganda talab hajmi qisqarib, Q2 ga teng bo'ladi. Bunda talab egri chizig'i bo'ylab A nuqtadan B nuqtaga ko'chish yuz beradi.
Talabga tovarning o'z narxidan tashqari quyidagi boshqa omillar ham ta'sir korsatadi va ular talab determinantlari deb ataladi:

  1. Iste'molchilarning daromadi.

  2. O'rinbosar va to'ldiruvchi tovarlar narxlari.

  3. Iste'molchilarning didi.

  4. Bozordagi iste'molchilar soni.

  5. Kelgusidagi o'zgarishlarga nisbatan iste'molchilarning kutishlari.

Talabga narxdan tashqari yuqorida keltirilgan boshqa omillar ta'sir ko rsatganda talab egri chizig'i o'ngga yoki chapga suriladi. Bunday o'zgarishni talabning o'zgarishi deb ataymiz. Masalan, tovarning narxi (P) o zgarmaganda iste'molchi daromadining oshishi unga oldingiga (Q1) nisbatan koproq miqdorda (Q2) tovar xarid etish imkonini beradi va talab chizig'i parallel o'ngga (D dan D' holatigaj suriladi (3.3-rasm).


3.3-rasm. Talabning o'zgarishi
Aksincha, tovarning narxi o'zgarmagan holatda iste'molchining daromadi pasaysa, iste'molchining talabi kamayadi va talab chizig'i parallel chapga suriladi (D dan D" holatiga)
Ikkinchi tomondan, iste'molchining real daromadi oshsa, u Q2miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda, masalan, P2 narxda ham sotib olishi mumkin. Bu holatda ham talab chizig'i o'ngga suriladi (3.4-rasm).
Iste'molchilar daromadi o zgarishining talabga ta'siri tovarlar kategoriyasiga qarab turlichadir:

  1. Iste'molchining daromadi oshganda oliy va normal kategoriyali tovarlarga talab oshadi va past kategoriyali tovarlarga talab pasayadi.



Yüklə 171,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin