2-Tema. Talap ha’m usinis analiz tiykarlari


narxiga bog'liq emas. Shu sababli taklif egri chizig'i (S) o'ngga (S holatga) suriladi (3.7-rasm)



Yüklə 171,03 Kb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü171,03 Kb.
#189349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 TEMA LEKSIYA

narxiga bog'liq emas. Shu sababli taklif egri chizig'i (S) o'ngga (S holatga) suriladi (3.7-rasm).
Agar xomashyo (resurslar) narxi qimmatlashsa, ishlab chiqarish
xarajatlari oshib ketib, mahsulot hajmi qisqaradi va bu holatda taklif
tt
chizigi chapga (S dan S holatiga) suriladi. Taklif egri chizig'ining narxga bog'liq bo'lmagan o'zgarishiga, yani o'ngga yoki chapga surilishiga taklif o'zgarishi deyiladi.
Texnologiyalar. Fan-texnika taraqqiyoyi ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, ya'ni kamroq sarf-xarajat evaziga ko proq mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo'ladi. Bu taklif hajmini oshiradi va taklif chizig'ini o'ngga surilishiga olib keladi. Masalan, avtomobilni robotlar yordamida konveyer usulida yig'ishni joriy etilishi avtomobil ishlab chiqarish hajmi va taklifini keskin oshishiga olib keldi. Yoki tomchilatib sug'orish va boshqa ilg'or agrotexnologiyalarni qo'llanishi natijasida keyingi yillarda ekinlar hosildorligi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari taklifi sezilarli darajada oshdi. Aksincha, eski texnologiyalarni qo'llanishi taklif hajmini qisqarishiga olib keladi.
Soliqlar, subsidiyalar va dotatsiyalar. Firmalar uchun aksariyat soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari sifatida qaraladi. Soliq stavkalarini oshirilishi ishlab chiqarish xarajatlarini ham oshiradi va taklifni qisqartiradi (taklif chizig'i chapga suriladi) yoki aksincha soliq stavkalarining pasaytirilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, taklifni oshiradi (taklif chizig'i o'ngga suriladi).
Davlat tomonidan biror mahsulotni ishlab chiqarishga subsidiya (dotatsiya) ajratilsa, ishlab chiqarish xarajatlari kamayib, taklif oshadi va taklif chizig'i o'ngga suriladi. Masalan, unumdorligi past va o'gir iqlim sharoitidagi yerlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo'jaliklariga davlat byudjetidan subsidiyalar ajratilishi ishlab chiqarish hajmini oshishiga ijobiy tasir korsatadi.
Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o'zgarishi ham taklif chizig'ini o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi firma kir yuvish mashinalariga talab oshib, ularning narxi qimmatlashishi oqibatida muzlatkichlar ishlab chiqarishni qisqartirib, kir yuvish mashinalari taklifini oshirishi mumkin. Bu holat kir yuvish mashinalari taklifi chizig'ini o'ngga, muzlatgich taklifi chizig'ini esa chapga surilishiga sabab bo'ladi.
Kelgusidagi o'zgarishlarni kutishlar. Biror bir mahsulot narxining kelgusida o'zgarishini kutish sotuvchilarning hozirgi vaqtdagi xohishiga o'z ta'sirini otkazishi mumkin. Masalan, avtomobillarga yoqilgi quyish shaxobchalari kelgusida benzin narxining oshishini kutib, benzin taklifini vaqtincha cheklab turishi mumkin. Shuningdek kelgusida narxlarning oshishi ehtimoli tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot hajmini oshirishga ragbatlantiradi.
Sotuvchilar soni. Bozorga sotish uchun mahsulot olib chiquvchi sotuvchilar soni qancha ko'p bo'lsa, bozor taklifi shuncha ko'p, aksincha tarmoqdagi sotuvchilar soni qancha kam bo'lsa, bozor taklifi shuncha kam bo'ladi. Tarmoqqa yangi firmalarning oqib kirishi taklif chizig'ini o'ngga, tarmoqdan firmalarning chiqib ketishi esa taklif chizig'ini chapga surilishiga olib keladi.
Taklifga tovarning o'z narxidan tashqari yuqorida keltirilgan boshqa omillar ta'sir ko'rsatganda, taklif egri chizig'i o'ngga yoki chapga suriladi (3.7-rasm). Buni taklifning o'zgarishi deb ataymiz.


  1. Yüklə 171,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin