2-Tema. Talap ha’m usinis analiz tiykarlari


Talab va taklif funksiyalari



Yüklə 171,03 Kb.
səhifə7/12
tarix22.12.2023
ölçüsü171,03 Kb.
#189349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 TEMA LEKSIYA

Talab va taklif funksiyalari

Talab va taklifni funksiya orqali ham ifodalash mumkin. Agar talabga bitta ozgaruvchi omil (masalan tovarning narxi) ta'sir korsatsa ular o rtasidagi bog'liqlikni bir omilli talab funksiyasi orqali ifodalash
mumkin. Bir omilli (o'zgaruvchili) funksiyaga misol sifatida narxga
bog'liq talab funksiyasini keltirish mumkin: Qd = f (P)
Bu yerda: Qd - talab miqdori; P- bir birlik mahsulot narxi.
Bir o'zgaruvchili chiziqli talab funksiyasi quyidagicha yoziladi:
Qd = a - b'P, bu yerda: Qd> 0 va P> 0, a va b parametrlar statistik ma'lumotlar asosida hisoblanadi.
Chiziqli talab funksiyasi narx P bo'lganda, iste'molchi qancha miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini korsatadi. Masalan, daftar narxi va daftarga bo'lgan oylik talab quyidagicha bolsin (3.3-jadval).
3.3-jadval
O'quvchining daftarga bo'lgan yakka talabi

Bir birlik daftar narxi (P), so'm

1000

2000

3000

Talab miqdori (Qd), dona

1800

1600

1400

Manba: shartli raqamlar

Bu jadvaldagi talab (Q^ bilan narx (P) o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o rtasidagi bog'liqlik analitik, ya'ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi: Qd = 2000 - 0,2 • P

Yüklə 171,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin