Ba'zan bozor toyinib, tovar zaxiralari ortib ketganda, sotuvchilar narxlarni pasaytirish orqali sotish hajmini oshirish va ortiqcha zaxiralarni qisqartirishga harakat qilishadi. Taklifni organishda uning grafigini tahlil qilish muhimdir. Ordinata oqi bo'ylab bir birlik mahsulot narxini va absissa oqi bo'ylab berilgan vaqt oraligida taklif qilingan mahsulot miqdorini belgilaymiz. Taklif chizig'i muayyan narxlarda sotuvchilarning qancha miqdorda mahsulotni sotishga bo'lgan xohishi va imkoniyatlarini aks ettiradi (3.5-rasm).
rasm. Taklif chizig'i
Taklif chizig'i yuqoriga qarab yo'nalgan o'suvchi chiziq. Taklif chizig'ining yuqoriga yo'nalganligi, sotuvchilarning narxlar qancha qimmat bo'lsa, shuncha ko'p mahsulot sotishga xohishi va imkoniyati borligini anglatadi. Yuqori narxlar sotuvchilarga nafaqat ko proq miqdordagi tovarlar sotishga balki, ularning daromadlarini yuksaltirishga ham imkon yaratadi. Tovarning o'z narxi taklifga ta'sir ko rsatganda, taklif egri chizig'i o'ngga yoki chapga surilmasdan, chiziq bo'ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga, ya'ni Аnuqtadan B nuqtaga ko'chish yuz beradi (3.6-rasm). Buni taklif miqdorini o'zgarishi deb ataymiz. Taklifga tovarning o'z narxidan tashqari boshqa omillar ham ta'sir korsatadi. Jumladan: Resurslarning narxlari.
rasm. Taklif miqdorining o'zgarishi Texnologiyalar.
Soliqlar, dotatsiyalar va subsidiyalar.
Boshqa tovarlarning narxlari.
Bozordagi sotuvchilar soni.
Kelgusidagi o'zgarishlarni kutishlar.
R esurslarning narxlari. Taklif bilan ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud. Firmaning mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari ishlab chiqarish xarajatlari bilan o'lchanadi. Resurslar narxining oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini ham oshirib, taklif hajmini qisqartiradi va taklif egri chizig'ini chapga surilishiga sabab bo'ladi yoki aksincha. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xomashyo narxi) ham bog'liqdir. Shu sababli biz taklif egri chizig'ining, ish haqi stavkasi, ishlab chiqarish xarajatlari o'zgarganda qanday o'zgarishini qarab chiqamiz (3.7-rasm).
Taklif chizig'idagi (S) ozgarishni tahlil qilishdan boshlaymiz. 3.7- rasmdan ko'rinib turibdiki, narx Pi bo'lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori Qi ga teng. Endi xomashyo narxi pasaydi deb faraz qilaylik. Bu taklifga qanday ta'sir qilishi mumkin? Xomashyo narxining pasayishi, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatini kamayishiga olib keladi. Xarajatning kamayishi esa ishlab chiqarish samaradorligini oshib, koproq foyda olish imkoniyatini yaratadi. Bu o'z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantiradi va ilgari foyda ko'rmagan firmalar uchun bozorga o'z tovarlari bilan kirib kelish imkonini yaratadi. Demak, resurslar narxining arzonlashuvi tovarning narxi o'zgarmagan taqdirda bozordagi mahsulot taklifini ilgaridagiga nisbatan oshiradi va natijada taklif egri chizig'i o'ngga suriladi. Bunda Pi narxga Qi emas Q2 hajmdagi mahsulot miqdori to g ri keladi. Bu holatda mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi tovarning f