2-Tema. Talap ha’m usinis analiz tiykarlari



Yüklə 171,03 Kb.
səhifə3/12
tarix22.12.2023
ölçüsü171,03 Kb.
#189349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 TEMA LEKSIYA

Qi Q2 Q
3.4-rasm. Narx va talabning o'zgarishi


  1. Iste'molchining daromadi pasayganda past kategoriyali tovarlarga talab oshadi va aksincha oliy hamda normal kategoriyali tovarlarga talab pasayadi.

Demak daromad o'zgarishi bilan oliy hamda normal kategoriyali tovarlarga talab o'zgarishi o'rtasida to g ri, past kategoriyali tovarlarga talab o'zgarishi o'rtasida esa teskari bog'liqlik mavjud ekan.
Talabga o'rinbosar va to'ldiruvchi tovarlar narxlari ham kuchli ta'sir korsatadi. Asosiy tovarga bo'lgan talab o'zgarishi bilan o'rinbosar tovar narxi o'zgarishi o'rtasida togri bog'liqlik mavjud. Masalan, asosiy tovar sifatida mol go'shtini, o'rinbosar tovar sifatida qo'y go'shtini olaylik. Agar o'rinbosar tovar bo'lgan qo'y go'shtining narxi oshsa, asosiy tovar bo'lgan mol go'shtiga talab oshadi yoki aksincha qo'y go'shtining narxi pasaysa, mol go'shtiga talab ham pasayadi.
Asosiy tovarga bo'lgan talab o'zgarishi bilan to'ldiruvchi tovar narxi o'zgarishi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Masalan, asosiy tovar sifatida avtomashina, to'ldiruvchi tovar sifatida yoqilg'ini olaylik. Agar avtomashinaning narxi oshsa, to'ldiruvchi tovar bo'lgan yoqilg'iga talab ham qisman kamayadi yoki aksincha avtomashina narxi pasaysa, yoqilg'iga talab oshadi.
Bir-birining o'rnini bosadigan tovarlardan birining narxini oshishi yoki to'ldiruvchi tovarlardan birining narxini kamayishi ham talab chizig'ini o'ngga yoki chapga surilishiga olib keladi.
Vaqt oralig'ida iste'molchilar dididagi, moda va turmush tarzidagi o zgarishlar ayrim tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni oshiradi, ayrimlariga talabni esa kamaytiradi yoki butunlay yo'qolb ketishiga olib keladi.

Iste'molchilar soni muayyan bir bozor yoki hududda talabning shakllanishida muhim o'rin tutadi. Shu tufayli biznesmenlar aholi gavjum va ko'p bo'lgan joylarda o'z biznesini yuritishga harakat qiladilar. Aholi juda kam bo'lgan sahro yoki chekka hududlarda talab miqdori o'ta cheklangan.
Narxlar darajasi, inflyasiya, soliq stavkalari, eng kam ish haqi miqdori yoki mavsumiylik kabi kelgusidagi o'zgarishlarni kutish talabning o'zgarishiga kuchli ta'sir ko rsatadi. Masalan, kelgusi oyning boshidan benzin narxining oshishi ehtimoli iste'molchilarning benzinga talabini keskin oshiradi.


  1. Yüklə 171,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin