Talab va taklifni funksiya orqali ham ifodalash mumkin. Agar talabga bitta ozgaruvchi omil (masalan tovarning narxi) ta'sir korsatsa ular o rtasidagi bog'liqlikni bir omilli talab funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Bir omilli (o'zgaruvchili) funksiyaga misol sifatida narxga bog'liq talab funksiyasini keltirish mumkin: Qd = f (P) Bu yerda: Qd- talab miqdori; P- bir birlik mahsulot narxi. Bir o'zgaruvchili chiziqli talab funksiyasi quyidagicha yoziladi: Qd = a - b'P, bu yerda: Qd> 0 va P> 0, a va b parametrlar statistik ma'lumotlar asosida hisoblanadi. Chiziqli talab funksiyasi narx P bo'lganda, iste'molchi qancha miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini korsatadi. Masalan, daftar narxi va daftarga bo'lgan oylik talab quyidagicha bolsin (3.3-jadval). 3.3-jadval O'quvchining daftarga bo'lgan yakka talabi
Bu jadvaldagi talab (Q^ bilan narx (P) o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Negaki, narx (argument) oshishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib bormoqda. Jadvaldagi talab bilan narx o rtasidagi bog'liqlik analitik, ya'ni funksiya shaklida berilganda quyidagicha yoziladi: Qd = 2000 - 0,2 • P