2019 O‘qish oxi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə14/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

(inqiuo)



65


5-O‘qish kitobi, 3-sinf

O‘n tilla mukofot haqida ertak
Anvar Obidjon
(Ertak)
Jar solar Eshak jarchi -
O‘rmondagi xabarchi:

  • Tinglang, hang-u hang, farmon, Muhr bosgan Yo‘lbars sulton!

Shoh istarki o‘rmonda - Tuzilsin zo‘r komanda.
Ham bo‘linsin ikkiga, Mohir bo‘lsin tepkiga.
Chunki shohning kenjasi - Yo‘lbarschalar erkasi
Ishqibozmish futbolga, O‘n tillamish har golga. Hamda barcha o‘yinchi Olar shohdan suyunchi. Rozi bo‘lganlar, tinglang, Marsh orqamdan, hang-u hang!
Shoh tillasin olay, deb,
So‘ng shinam uy solay, deb,
Fil kelsaki maydonga,
Yo‘lbars chiqib ayvonga,
Mag‘rur so‘zlab turganmish, Barcha davra qurganmish:

  • Diqqat, o‘rtoq hayvonlar, Diqqat, mardi maydonlar!

Bilib qo‘ysin xaloyiq,
Trener - maymoq Ayiq.
Bo‘lmasin so‘zin birov,
Komanda tuzsin darrov!
Ayiq chiqib to‘riga:

  • Sen sudya, - der Bo‘riga, - Kimki o‘ynasa qo‘pol,

Yeb qo‘y, mayli, bemalol.
Chetga chiqib der Quyon:

  • O‘ynamayman, hoy polvon,

Kechdim o‘sha tilladan, Ajragim yo‘q kalladan.
Ayiq urib qahqaha,
Der: „Azal sen shunaqa.
Bor, jo‘nayqol, dingquloq,
Yumron sendan yaxshiroq.
Sen esa maymun - shayton, Bo‘lasan darvozabon...“ Tulki qo‘llab hiylasin,
Olay deb shoh tillasin, Der: „O‘ynay men hujumda, To‘pni o‘rab dumimda.
^Chalg'itaman juda soz,
Bu o‘ringa o‘zim mos“.

  1. Ertakni rollarga bo‘lib, ifodali o‘qing.

  2. Eshak qanday farmonni o‘qib eshittirdi?

  3. Nega Quyon o‘yindan bosh tortdi? .A,

  • Be, o‘rnashmas to‘p dumda, Zo‘r zarbim bor xartumda.

Bas kelish emas hazil,
Men hujum qilsam, - der Fil. Ayiq o‘rnidan turib: 4

  • Bas qiling, - der bo‘kirib, - Hujumda Jirafa qolar,

U yaxshi kalla solar.
Qanot hujumchi - Qoplon, Chalg‘itishga ko‘p chaqqon.
Tulki o‘ynar o‘rtada, Himoyada - to‘rttadan.
Fil raqibin aylar tang -
Eng orqada ko‘ndalang.
To‘ng‘izvoy, sal bo‘l bardam,
Filga berasan yordam.
Kirpi, seni qo‘shmaymiz,
Yangi to‘pni teshmaymiz...
To‘p o‘rtaga tashlandi,
O‘yin jadal boshlandi.
Ilib olsa kim to‘pni, Nazarga ilmay ko‘pni,
O‘zim uray gol, derdi, Tilla olay mo‘l, derdi. Lekin ochko‘z, baxillar, Noinoq, noahillar - Qanchalar bellashmasin, Qanchalar terlashmasin,
Baribir gol bo‘lmadi,
Shohning ko‘ngli to‘lmadi.
Kirib nafsin ko‘yiga, Horib, charchab uyiga Qaytdi barcha o‘yinchi, Betilla, besuyunchi...
Bo‘rivoy chaldi hushtak,
Shu bilan tamom ertak.

1.
2.

3.
Ertakni ifodali o‘qing.


so‘zlang.

etishdi? sababini
O‘yinda qaysi hayvonlar ishtirok Hayvonlar mukofot olmaganining
G‘oz - hunaring oz
Sobit G‘afurov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘rmonda bir G‘oz yashar ekan. U doim kekkayib yurarkan. Bir kuni hayvon va parrandalar yig‘inida:

  • Men unaqa-bunaqa oddiy g‘ozlardan emasman. Siz parrandalarga podsho bo‘lsam arziydi, chunki hunarim juda ko‘p, - debdi.

  • Xo‘sh, qani, bir ko‘raylik-chi? - deyishibdi parrandalar chug‘urlashib. Maqtanchoq G‘oz da- vom etibdi:

  • Men sayrashni, yurishni, suzishni, os- monda uchishni, suvga sho‘ng‘ishni bilaman. Mana, shuncha hunarim bor. Qani, qaysi bi- ringiz bunchalik ko‘p hunar egasisiz?..

  • Quruq aravani olib qochavermay, hunar- laringni ko‘rsat, - deyishibdi atrofdagilar.

Maqtanchoq G‘oz:

  • Gapimga ishonmayapsizlarmi, mana, yo‘r- g‘alashimni ko‘ringlar!

  • Loaqal yugurishda menga yetolmaysan- ku, tag‘in maqtanishingni qara, - debdi Be- dana.

  • Qani, uchib ko‘r-chi, - debdi Lochin

bilan Qaldirg‘och.
G‘oz qanot qoqib osmonga ko‘tarilibdi-da, sal nariga borib qo‘nibdi. Lekin u Lochindek chaq- qon, Qaldirg‘ochdek tez ucha olmabdi.

  • Endi suzib, suvga sho‘ng‘ib ko‘rarsan, - debdi Qurbaqa vaqillab, Cho‘rtan baliq likillab. G‘oz suvga tushib, sekin suzib ko‘ribdi, suvga


boshini tiqib sho‘ng‘igan bo‘libdi. G‘ozning ha- rakatini ko‘rib, Qurbaqa bilan Cho‘rtan baliq qotib-qotib kulishibdi.

  • Qani, sayrab ko‘r-chi, - debdi Bulbul.

G‘oz bo‘ynini cho‘zib chunonam g‘aq-g‘aq- lab ketibdi.
G‘oz xuddi hamma ishni qoyil qilgandek kerilibdi-da:

  • Qalay, hunarim zo‘r ekanmi? - deb so‘rabdi to‘planganlardan.

  • Hunaring ko‘p bo‘lgani bilan zo‘r emas ekan. Sen, og‘ayni, ko‘p hunarlarni oz-oz bilgandan ko‘ra, bir hunarning ustasi bo‘l! Maqtanma G‘oz, hunaring oz! - debdi Qal- dirg‘och.


1. G‘ozning bo‘lmadi?
qaysi jihatlari qushlarga ma'qul

  1. „Ko‘p hunarlarni oz-oz bilgandan ko‘ra, bir hunarning ustasi bo‘l“, degan gapni izohlang.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin