2019 O‘qish oxi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə2/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

Vatan madhi
Orif To‘xtash

Dunyoda yurtlar ko‘p, turli xalqlar yashaydi. Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan tuprog‘i bor.
Bu tug‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir.
Bizning Vatanimiz esa - jonajon O‘zbe- kiston! Biz mana shu aziz zamin farzand- larimiz! Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning har zarrasini ko‘zga surtamiz, muqaddas hisoblaymiz!
Aslida, yer yuzasini qamrab turgan barcha hududning tuprog‘i bir xil. Biroq uni tabarruk qilguvchi shu zamin egalaridir.
Bizning O‘zbekiston deya atalmish serqu- yosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar, qancha- dan qancha aziz-u avliyolar, olim-u fuzalolar kamolga yetmadi, deysiz?! Shuning uchun ham bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e'tirof eti- shadi. Shu ma'noda biz buyuklar yurti far- zandlarimiz. Bundan faxrlanamiz. Ammo unut- masligimiz ham kerakki, dunyolarga dars ber- gan ulug‘ bobokalonlarimizning tabarruk qoni bugun bizning tomirlarimizda jo‘sh urmoqda!
Aziz bolajon! Sizning safingizda iqtidorsiz yo- ki uquvsiz bolaning o‘zi yo‘q. Kelajak orzular sari eltguvchi barcha imkoniyatlarga egasiz!

  1. Nima uchun matn „Vatan madhi“ deb nomlangan?

  2. Siz Vataningiz ravnaqi uchun qanday hissa qo‘shmoqchisiz?



Yurtim jamoli


Dilshod Rajab
Yurtimizni aylandik,
Maqtovga so‘z sayladik:
Toshkent asli bosh shahar,
Bag‘ri nur-quyosh shahar.
Sirdaryo - Gulistonim, Jizzax - bog‘-u bo‘stonim.
Maydonlarda mard kelgan, Qashqadaryo, Surxonim.
Nuroniy Samarqandim Yer yuzining sayqali. G‘urur qo‘shar ko‘ksiga Temur bobom haykali.
Ilm uyi Buxoro,
Har toshi hikmat, ma'no. Xorazmning savlat-u San'atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq, Qadrdon qoraqalpoq.
Navoiy nomin olib, Oltin berar bu tuproq.
Farg‘ona-yu Andijon, Namangan - shohi gulim. Nomin tilga olsang bas, Ochilar bahr-u diling.
Nomi dilga darmonim - Ulug‘ O‘zbekistonim.


She'rda haqida

She'rni

yod oling.
nomlari qayd etilgan shaharlar nimalarni bilasiz?
Yangi uy
Hamidulla Murodov
(Hikoya)

  • Qishlog‘imiz chekkasidagi eski bog‘ o‘r-

nida g‘ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi!
Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib kel-
di. O‘rtoqlari birpasda uni o‘rab olishdi.

  • Qanaqa uylar deding?

  • Kimlar qurar ekan?

  • Kimlar turadi yangi uylarda?..

  • Kim quradi demay, quradiganlar kim ekan, deb so‘ranglar. Bilasizmi, ular kim? - Sinfga kirib kelgan ustozlari Orif aka bola- larning savollariga savol bilan murojaat qildi.

  • Bilmay turibmiz-da, ustoz! Bilolmay tu- ribmiz...

  • Unda gapimni yaxshilab eshitib olinglar. Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga eh- tiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan uylar siz-u bizniki. Endi kimning bo‘sh vaqti bo‘lsa, o‘qishdan keyin yordamga chiqsin. Qu- ruvchilarga g‘isht, qum, tuproq yetkazib turish- da baholi qudrat yordam berasizlar.

Shu kuni darsdan keyin Xurshidbek ko‘cha- sidagi o‘rtoqlari bilan qurilish bo‘layotgan joyga borishdi. Bolalarni ko‘rib Bunyodbek amaki ju­da xursand bo‘ldilar.



  • Sizlarni o‘zim yordamga chaqirmoqchi bo‘lib turgandim, - dedilar. - Yaxshiyam o‘zingiz kelib qoldingiz. Endi gap shu, uylar qish- loqniki, demak, sizlarniki ham. Shunday ekan, ustalarimizga g‘isht, qum, tuproq tashib berib tursangiz xursand bo‘lardik.

  • Yordam beramiz! Yordam beramiz!

Yoz tugamay, yangi uylar qad rostlab, bir chekkadan bita boshladi. Uyning egalari ko‘- chib kela boshlashdi. Bu orada yangi o‘quv yili boshlandi. Bir hafta o‘qigan ham edik, bir kuni Xurshidbekning dadasi Bunyodbek amaki oila a'zolariga quvonchli xabarni aytdi.
Xurshidbeklar oilasi ham yangi uyga ko‘- chadigan bo‘lishdi.
Xurshidbek keyin bilsa, yosh oilalar qatori yangi bitgan uylardan biri ularning oilasiga berilgan ekan.
Cp 1. Xurshidbek bolalarga qanday yangilikni yet- Г kazdi?

  1. Bunyodbek amaki nima uchun xursand bo‘ldi? .

Vatan desam...
Ulugbek Hamdam
Vatan desam, ko‘zimga Qatra-qatra yosh kelar.
Yosh ichida miltirab,
Buyuk bir bardosh kelar!
Vatan desam, tilimga Temur-u Bobur kelar.
Moziylarni uyg‘otib,
Do‘mbira, tanbur kelar!
Vatan desam, yuragim Navolarga to‘lgaydir.



Vatan

muqaddas dargoh,
Niyatni yaxshi qilsak, ^"1 Navoiy tug‘ilgaydir!

Imon kabi saqla sen!




Otang bergan isming-u
Onang sutin oqla sen!

Vatan degin, dilbandim,
G‘aflatlarda yotma hech.

Vatan bu o‘zligingdir,
Yot ufqqa botma hech!

Vatan desang, o‘yingga
Ulug‘ shu xalqing kelsin!

Shu xalqing osmonida
Quyoshdek balqqing kelsin!..

Vatan degin, dilbandim!..

  1. She'rni ifodali o‘qing.

  2. Siz Vataningizni qanday ta'riflaysiz?

  3. Vatan deganda nimalar ko‘z oldingizga

keladi?

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin