2019 O‘qish oxi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə9/21
tarix22.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#119968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
oqish kitobi 3 uzb

Bo‘lim yuzasidan

takrorlash
Har bir qism

  1. Kuz fasli haqida qanday asarlarni o‘rgan- dingiz?

  2. „Xazonchinak“ so‘zini qaysi asarda uchrat- dingiz. U qanday ma'noni anglatadi?

  3. „Qizcha va qarg‘alar“, „Bobur va kabutar“ asarlaridan foydalanib, „Ziyraklik -

yaxshi fazilat“ mavzusida matn tuzing.

MAKTABIM
KITOBIM

QUTLUG‘ MAKONIM,
BUYUK IMKONIM

Kitob, mening do‘stimsan
Zafar Diyor
Varaqlasam bir boshdan
Quvnab bag‘rim ochilur.
Oltin harf-so‘zlardan
Totli ma'no sochilur.
Shuning uchun deymanki:
Kitob, mening do‘stimsan!
Har sahifang men uchun
Bir hikoya so‘zlaydi.
O‘qib olim bo‘lgin, deb,
Yaxshi niyat ko‘zlaydi.
Shuning uchun deymanki:
Kitob, mening do‘stimsan!
Seni jondan sevaman, Meni tilga o‘rgatding.
Hadya qilib ilm-fan,
Yorug‘ yo‘llar ko‘rsatding.
Shuning uchun deymanki:
Kitob, mening do‘stimsan!

  1. „Hadya qilib ilm-fan, Yorug‘ yo‘llar ko‘r- satding“ misrasini qanday tushundingiz?

  2. Nima uchun kitobni eng yaqin do‘stimiz deymiz?



oling.
She'rni yod
Vaqting ketdi - naqding ketdi
Kavsar Turdiyeva (Ertak)
1
Sizlarda shunday bo‘ladimi? Biror ish qilish zarurligini bilasiz-ku, ammo to‘satdan hamma vaqtingiz umuman kerak bo‘lmagan o‘yin bilan o‘tib ketadi.
Shaharchada kompyuter o‘yinlari xonasi ochil- di-yu, hamma mittivoylar shu yerga qatnay boshlashdi. Uni kim ochdi, dersiz? Albatta, bosh- qa shaharchadan kelgan Foydaxo‘r.
U birin-ketin hamma joyda kompyuter xo- nalari ochib, ancha foyda ko‘rgan. Quvnoq shaharchada ham ishini davom ettirdi. Xona esa mijoz-o‘yinchilar bilan to‘ldi-qoldi. Foyda- xo‘rning asosiy shiori: Vaqt - bu pul! Yarim soat o‘tirasizmi, bir soatmi, shunga qarab pul- 38
ni to‘lab ketaverasiz, pulingiz bo‘lmasa molingiz- dan hisob-kitob qilishingiz mumkin. Masalan, novvoy bo‘lib ishlayotgan Bo‘rsildoq kompyuter o‘yiniga Foydaxo‘rga pul o‘rniga non tashiyapti. Chunki bor pulini o‘ynab tugatib bo‘lgan.
Foyda Foydaxo‘rning ko‘zini ko‘r qilib qo‘y- gan. U hamma joyga e'lonlar osar, natijada maktablardagi o‘quvchilar darsga kirish o‘rniga kompyuter xonasiga qatnashar, haydovchilar ham o‘yinlarga qiziqib ketgani uchun, mashinalar to‘x- tab qolgan, do‘konlar ham yopiq edi.
Shunday voqealar bo‘lib turganda, Qoyilbek qanday qilib bu bema'nigarchilikka chek qo‘- yish mumkin, deb Ziyrakbekka maslahat soldi.

  • Ha, o‘ylab ko‘rish ^kerak ekan!

Qoyilbek biroz
ketdi.

  • Do‘stlar, men topdim! Mittilar orasida „Bir oy ichida nimalarga erishding?“ degan so‘rov- noma, so‘ng „Vaqting - baxting“ degan tan- lovni ham o‘tkazamiz.

  • Juda to‘g‘ri! Ziyrakbekka bu ish yoqdi.

Tanlov boshlandi. Uni Yoqimtoy va Iltimos- xonlar olib bordilar.

  1. Foydaxo‘rning asosiy shiori nima edi?

  2. Siz o‘z vaqtingizni qanday taqsimlashi-

ngizni daftaringizga yozing.

  • Aziz do‘stlar! Iltimos, eshitinglar: „Ajoyib- g‘aroyib tanlovimiz ochiq!“ deb e'lon qilinadi. Biz sahnaga bir oy davomida yutuqlarni qo‘l- ga kiritgan, vaqti bekor ketmaganlarni taklif qilamiz.

Yalolaxon yangi qo‘shig‘ini aytdi. Shirmoyxon yangi suratlarini olib keldi.
Shunda sahnaga Bo‘rsildoq va Pufakvoylar ham taklif qilindi.

  • Marhamat, bir oy ichida qilgan foydali ishlaringizni aytib bering, - dedi ularga bosh- lovchilar.

Ishkalvoy yerga qaradi.
— Men kompyuter o‘ynadim va o‘ttiz marta yutdim.
— Bundan nima foyda ko‘rdingiz?

  • Hech nima.



  • Siz-chi, Bo‘rsildoq? Non yopib odamlarni xursand qildingizmi?

  • Yo‘q, men non yopib qarzlarimni to‘ladim.

  • Qanday qarzlaringizni?

  • Har kuni kompyuter o‘ynaganim uchun yig‘ilgan qarzimni.

  • Endi esa, aziz do‘stlar, biz „Vaqting - baxting“ nomli tanlovning eng quvonchli daqi- qalariga yetib keldik.

  • Biz g‘oliblarni mukofotlaymiz. Mukofotlar- ni topshirishni Ishbilarmonga bersak.

Ishbilarmon g‘olib ishtirokchilarni mukofotladi. Ayniqsa, Qoyilbek ko‘p maqtovlar oldi. Axir uning havoni tozalovchi moslamasi hamma uchun kerak edi-da.
Pufakvoy va Bo‘rsildoq bekor o‘tgan vaqtla- riga juda-juda achinishdi. Axir bir oyda qan- cha ishlar qilish mumkin edi.
Qoyilbek xafa bo‘lib turgan Pufakvoy va Bo‘rsildoq tomonga yaqinlashdi.

  • Do‘stlarim, - dedi u, - aslo xafa bo‘l- manglar. Bunday tanlovlar endi har yili o‘t- kaziladi. Sizlar kelgusida o‘zingizni ko‘rsati- shingiz mumkin.

  • To‘g‘ri, - dedi Pufakvoy, - men pufak- chalarga turli rasmlar chizaman, ajoyib o‘yin- choqlar yasayman.

  • Men esa turli-tuman shaklli va mazali nonlar pishiraman. Balki nonlarim butun dun- yoga mashhur bo‘lar.

- Unda shoshilinglar! - dedi Qoyilbek. - Axir vaqting ketdi - naqding ketdi, deb bekorga aytishmagan-ku!

  1. Qoyilbek va Ziyrakbek nima uchun tanlov uyushtirishdi?

  2. Nega Bo‘rsildoq mukofot olmadi?

  3. Siz ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?

Donishmand quyon va
kichkintoy jirafa


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin