Faxriddin Hayit (Ertak) Tunov kun o‘rmonda bir Voqea bo‘ldi g‘alat. Quyonlar maktabiga Keldi ikki jumla xat. - Yuborarmish maktabga, - Pichirladi koyinib, - Allaqanday Jirafa Mushtdek kichkintoyini. Topshiriqlar bo‘ldi hal, Sinf, ustoz - barcha shay. G‘ala-g‘ovur boshlandi, Ostonada zum o‘tmay. Shoshib chiqdi maktabning Shalpangquloq rahbari. Turar ikki notanish, Ushlab kitob-daftarin. Simyog‘ochdek bo‘yni bor, Ustoz Quyon hang-u mang. Mulozamat qildi so‘ng: - Keling, mehmon, tortinmang. Barcha turib qoldi lol, Ikki tomon hayratda. Hamma topishmoqning bir Javobi bor albatta. Va nihoyat topildi, Muammoning yechimi. Inobatga olinib, Jirafaning bichimi. Chiqardi katta buyruq Donishmand shalpangquloq. Endi u derazadan Bosh suqib olar saboq.
qanday
Ertakni ifodali o‘qing. Maktabda voqea sodir bo‘ldi?
Quyon qanday yechim topdi?
Ona tilim Tursunboy Adashboyev Buyuk Temur jahon bo‘ylab, O‘z dovrug‘in solgan tilim. Mir Alisher bobomlardan Meros bo‘lib qolgan tilim. Bobur Mirzo she'rlaridan Rang va qiyos olgan tilim. Shoh Mashrabni bulbuldayin,
Sayratgan
ham
ona
tilim.
Mirtemirni
shoir
qilib,
Yayratgan
ham
ona
tilim.
Shunday
tildan
tonar
bo‘lsam,
Qiyma-qiyma bo‘lsin
tilim.
Alla bo‘lib jaranglagan, Ona tilim - jon-u dilim. Gulla, yashna el tilida, Nur sochaver jon-u dilim. Ne-ne buyuk bobolarim Jaranglatib aytgan so‘z. Har so‘zingda bir hikmat bor, Hech qachon tegmasin ko‘z. She'rda ona tilimiz haqida nima deyilgan?
Shoirning „Ona tilim - jon-u dilim“ mis-
rasini
She’rni
izohlang.
yod oling.
Unutilmas bayram
Erkin Malikov (Hikoya) Men nogiron bolalar uyiga bayram kunlari borib turaman. Bolalar she'rlar aytishadi, kitob- chalar bilan mukofotlanishadi. Bir qator she'r aytishadimi, yuz qatormi, farqi yo‘q. Ba’zilari ertak aytib beraman deb, „Bor ekan-da, yo‘q ekan“dan nariga o‘tmaydi. Shunga ham tarbiya- chilari xursand. Sababi bu yerda xotirasi past, biron-bir a’zosi nogiron bo‘lib qolgan bolalar davolanishadi. Ba’zi bolalar gilamga chordana qurib, ba’zilari yonboshlab olishadi. Chunki kursilarda o‘tira olmaydilar. Ba’zi bolalar nogi- ronlar aravachasiga mixlangan. Bu safar ham bayram kunlari yig‘iladigan xonaga jam bo‘ldik. Odatdagidek, bolalar o‘rtaga chiqib, she’r, ertak aytar va kitoblar bilan taqdirlanardi. Oldingi qatordagi nogironlar arava- chasida o‘tirgan kattagina qiz e’tiborimni tortdi. U har bir ishtirokchi o‘rtaga chiqqanda, hayajon bilan kuzatar, to‘xtamay chapak chalar, kitob bilan mukofotlangan o‘rtoqlariga havasi kelardi. Uchrashuvimiz oxirlaganda birdan aravachada o‘tir- gan qiz o‘rnidan turib ketdi. Yonimda o‘tirgan bosh shifokor bir cho‘chib tushdi. Tarbiyachi- lardan biri „Voy“, deb yubordi. Qiz esa ikki qa- dam oldinga yurdi-da, hech kim tushunmaydigan tilda chug‘ur-chug‘ur qildi. Keyin menga qaradi. Menda 4kitob qolmagan edi. Bosh hamshiraga atalgan kitobni, o‘zining iltimosiga ko‘ra, qizchaning qo‘liga tutqazdim. U kitobni quchoqlaganicha qaytib borib arava- chasiga o‘tirdi. Mening hayajonim tadbir tugagandan keyin boshlandi. Bu qiz shu yoshgacha aravachasidan turmagan va bir og‘iz so‘z aytmagan ekan. Bugungi bayram uni davolabdi. Yurib ketishiga, tili chiqishiga sabab bo‘libdi. Bu uning orzusi emasmidi?! Men beixtiyor: „Ey yaxshilar, bolalar orasida ko‘proq bo‘ling, sizlarning tashrifingiz ular uchun bir shifodir“, degim kelardi.
о 1. Nima uchun oldingi qatorda o‘tirgan qiz '..Л*- muallifning e'tiborini tortdi? Aravachada o‘tirgan qiz nimadan ta'sir- landi?
Nogiron bolalarning orzularini amalga oshi- rish uchun kattalar nima qilishi kerak ekan?
Xo‘roz nega uchmaydi? Zulfiya Mo‘minova (Ertak) 1 Qanotlilar sinfida Xo‘roz ekan bilimdon. Qiynalmay besh olarkan, Hamma fandan har qachon. Ertalab turishdan - besh, Maydalab yurishdan - besh, Tumshuqdagi donini Kichikka berishdan - besh. Xo‘roz o‘zidan xursand Mag‘rur qadam tashlabdi. Chor atrofida hamma Uni maqtay boshlabdi. Biram quvnoq, qaqildoq, Xo‘rozjonga ofarin! Dangasalikdan yiroq, Xo‘rozjonga ofarin! Xo‘roz bir tong: „O‘qish ko‘p, Charchab tolaman“, - debdi. „Nima qilibdi, bir kun Darsdan qolaman“, - debdi. Tongda Ukki: „Turgin“, - deb Jahl-la baqiribdi. O‘rtoqlari birma-bir, Maktabga chaqiribdi. Avval Turna chaqirib, Uyg‘onishin kutibdi. Mayna: „Tur“, - deb ko‘ziga Oynachasin tutibdi. Kaklikning-chi, qichqirib, Ovozlari bitibdi. Xo‘roz esa yostiq-la Qulog‘in berkitibdi. Turmagach, bari sekin, Maktab tomon ketibdi.
Ertakni ifodali o‘qing.
Shoir xo‘roz timsolida larni nazarda tutyapti?
qanday
o‘quvchi-
Qanotlilar sinfida Shu kun qizibdi saboq, Xo‘rozga dangasalik Qimmatga tushdi biroq. O‘sha kun qanotlilar Omadga yuz tutibdi. O‘qituvchi shu kuni Uchish darsin o‘tibdi. Xo‘roz esa g‘aflatdan Par yostiqni quchibdi. Ushbu darsda do‘stlari Falak sari ko‘chibdi. Baxmal misol qanotlar Bulutlarni silabdi. Ularga jami jonzot
Yuksak parvoz tilabdi.
Qushlar xursand bo‘lishib,
Baxtli kun sabog‘idan, Qanot silkib o‘tishdi, Xo‘rozning qo‘nog‘idan. Xo‘roz esa bu baxtni Qucha olmay qolibdi. Qanotlari bo‘lsa ham Ucha olmay qolibdi. Shunday qilib qissadan Chiqqan hissa ayondir, Darsni bir kun qoldirgan Bir umr pushaymondir. Ertakni ifodali o‘qing. Xo‘roz nima uchun ucha olmas ekan? Ertak qismlariga sarlavha qo‘yib, og‘zaki bayon qiling.
Sahar azon aytar so‘fi, Boshiga kiyib qizil do‘ppi. (zoj,ox)