Yo‘ldosh Siz nimalar yasashga qiziqasiz?
Ilmning omonati (Rivoyat) Qadim zamonda usta temirchi bo‘lib, bu hu- narni ipidan ignasigacha bilar ekan. Bundan tashqari u gullarni juda sevar va usta- xonasining oldida g‘aroyib gullarni parvarish qilar ekan. Temirchi qarib kuchdan qola bosh- laganda, shogird olishni e'lon qilibdi. Uning oldiga uchta yigit kelib, shogirdlikka tushmoq- chi ekanliklarini aytishibdi. Temirchi yigitlardan bittasini tanlab olish uchun ularni sinab ko‘r- moqchi bo‘libdi. Har biriga kichkina xalta- chalarda o‘zi parvarish qilayotgan gullarning urug‘laridan beribdi va: „Men muhim ish bilan uzoq safarga ketyapman. Qaytgunimcha mana shu urug‘larni ehtiyot qilib saqlanglar. Urug‘- larni saqlab, menga qaytargan yigitga temir- chilik hunarini o‘rgataman“, - debdi. Birinchi yigit urug‘larni uyiga olib borib, te- mir sandiqqa solib qo‘yibdi. U urug‘larni mana shunday saqlamoqchi bo‘libdi. Ikkinchi yigit gulchining do‘koniga borib, urug‘larni sotibdi va temirchi qaytganida xuddi shunday urug‘- larni sotib olishini do‘kondorga tayinlabdi. Uchinchi yigit esa urug‘larni hovlisiga va uyi atrofiga ekib, ulardan o‘sib chiqqan gullarni parvarishlay boshlabdi. Oradan ancha vaqt o‘tib, temirchi safardan qaytibdi. U uchala yigitni huzuriga chaqiribdi. Birinchi yigit temir sandiqda turgan urug‘- larni olib boribdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Sen ularni o‘ldiribsan, endi ular hech narsaga ya- ramaydi. Demak, sen hunarga ham shunday munosabatda bo‘lasan“, - debdi. Ikkinchi yigit gul do‘konidan sotib olgan urug‘larini olib kelib ko‘rsatibdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Bular men senga bergan urug‘lar emas, sen ularni sotib yuborib, bugun boshqa urug‘ olib kelibsan“, - debdi. Uchinchi yigit ekkan gullarining urug‘larini yig‘ib olib boribdi. Temirchi ularni ko‘rib: „Mana shular men bergan urug‘lar, sen ularni hatto ko‘paytirib kelibsan. Demak, sening o‘rgangan hunaringdan hamma bahramand bo‘ladi“, - deb shogirdlikka shu yigitni qabul qilibdi. „Tarbiya kitobi“dan Q 1. Temirchi usta shogirdlarni qaysi yo‘l bilan Г*- tanlab oldi? Siz ikki yigitning tutgan yo‘liga qanday ba- ho berasiz? Hunar haqida maqollar ayting.
Bordir kulol amakim Obid Rasul Bordir kulol amakim,
Nomlari usta Hakim. Loy pishitib erta-kech,
Erinishni bilmas hech. O‘ymakorlarga taqlid, Har naqshida nozik did. Yangicha san'at talab, Qo‘ndirib gul silliqlab. Olov xumdon ichida, Yal-yal gulxan ichida, Oqizib ter, yuzda nur, Ishlaydi dilda g‘urur. U yasagan gultuvak, Sopol lagan, osh tovoq, Ko‘zasi chinnilardek, Oyna misol yarqiroq. Bu o‘tmish san'at meros, Bobolarga bo‘lib xos. Ungadir naqsh sayqal,
mukammal.
Etdi bugun
U yasagan har idish Xizmatdadir yoz-u qish. O‘qing, tushunganingizni so‘zlang.
Kulolning mehnati tasvirlangan o‘rinlarni toping. Kulollar mehnatiga ta'rif bering.
Har kasbning o‘z gashti bor.
Bobongiz xafa bo‘lsalar maylimi? Mirzakalon Ismoiliy (Hikoya) ▲ Ravshanjonning bobosi hamma ishga che- chan. U kishining qo‘li gul deyishadi. Yer chopishmi, ariq olishmi, devor suvashmi, taxta randalashmi - hammasini havas Ibilan qiladi. Asboblarini aytmaysizmi? Juda ko‘pki, sana- gan bilan ado bo‘lmaydi. Ketmon deysizmi, belkurak deysizmi, qo‘larra, oybolta, tesha, gul- qaychi, randa, andava... Bu asboblarni o‘zi ishlatadi. Ketmon bilan yer chopadi. Belkurak bilan daraxtlarning tagi- ni yumshatadi. Oybolta, qo‘larra, tesha bilan daraxtlarning qing‘ir-qiyshiq o‘sgan shoxlarini kallak- laydi. Randa bilan taxta randalaydi, andava bilan devor suvaydi. Shunisi qiziqki, u kishi ishi ko‘p bo‘lsa ham shoshilmaydi. Avval bitta ishni chiroyli qilib bajaradi. Keyin boshqa ish- ga qo‘l uradi. Innaykeyin asboblarini ishlatgan joyida tashlab ketmaydi. Ularni tozalab, joy- joyiga qo‘yadi. Ravshan bo‘lsa, bunday qilmaydi. U ishni qilsa, bu ish qolib ketadi. Asboblarni yig‘ish- tirib qo‘ymaydi. Ishlatgan yerida qoldirib keta- veradi. Avvaliga bobosi nevaram o‘zi tushunib olar, deb hech nima demadi. Har yerda qol- gan asboblarni o‘zi tozalab, joy-joyiga keltirib 64 qo‘yib yurdi. Qarasa, bo‘lmaydigan. Biror asbob kerak bo‘lib qolsa, joyidan topilmaydi. U yoqni qidiradi, bu yoqni qidiradi - hech qayerda yo‘q. Ravshandan so‘rasa, u ham qayerdali- gini bilmaydi. Qo‘ying-chi, tartib degan narsa qolmadi. Oxiri bobosi Ravshanni biroz koyidi:
Asboblarni oldingmi, ishlatib bo'lgandan ke
yin darrov joyiga qo‘yish kerak. Kimga kerak bo‘lsa, u shu yerdan osongina oladi, qidir- maydi. Sen bo‘lsang, mening asboblarimni har yerga tashlab ketasan. Bunday qilsang, men xafa bo‘laman, - dedi.
Yo‘q, yo‘q, bobojon. ^|Sizni xafa qilmay- man. Endi asboblaringizga tegmayman. Uydan bir nima olsam, ^ishlatganimdan keyin yana darrov joyiga keltirib qo‘yaman. Xo‘pmi? Shun- day qilsam xafa bo‘lmaysizmi?
Shunday qilsang, xafa bo‘lmayman, bo- lam, - dedi bobosi.
f* 1. Bobo qanday fazilatga ega? о 2. Bobo Ravshanni qaysi ishlari uchun koyidi? Ravshan nima qilsa, bobosi xafa bo‘lmay- di? Siz matndan qanday xulosa chiqar- dingiz?