Zikrilla Ne’mat Yigitdirman, yo‘qdir armonim, O‘z burchimni yaxshi bilaman. To tirikman, ona makonim - Chamanimga xizmat qilaman, Vatanimga xizmat qilaman! Temur bobom qudrati menda, Jaloliddin jur'ati menda, Temur Malik shiddati menda, G‘animlarning bag‘rin tilaman, Vatanimga xizmat qilaman! Mangu omon bo‘lsin deb xalqim, Kecha-kunduz bedordir qalbim, Shu el - mening g‘ururim, baxtim, 98
Men undan kuch-quvvat olaman, Vatanimga xizmat qilaman! Shu yurt mangu dilga jo bo‘lsin, Osmonlari musaffo bo‘lsin, Baxti uchun jon fido bo‘lsin, Unga mangu sodiq qolaman, Vatanimga xizmat qilaman! She'rni ifodali o‘qing.
Yusuf Fayzullo (Hikoya) Ko‘chamiz muyulishida yashaydigan otaxonni hammamiz yaxshi ko‘rardik. Maktabga borish- dayam, qaytishdayam ko‘cha eshigi yonida o‘tirgan boboga odob bilan salom berardik. UJ kishi bizni „Balli, bolalarim“, deya olqishlardi. Eng qizig‘i, u kishining asl ismlarini birortamiz bilmasdik, „Balli buva“ derdik. Goho katta yoshlilar „Polvon ota“ deya murojaat qilishganini eshitib, hayron qolardim: jussasi kichkinagina bu odamning nimasi polvon ekan? Keyinchalik, „Balli buva“ haqida onam bir voqeani so‘zlab bergan edilar. U paytlar uyimizdan sal narida ekinzor da- lalar bo‘lgan ekan. Urush vaqtida yosh-u qari ertadan kechgacha daladan chiqishmagan ekan. Ikkinchi jahon urushi yillarida „Balli buva“ning urushga ketgan ikkala o‘g‘illaridan ham birin- ketin „Bedarak yo‘qoldi“, degan mudhish xabar kelibdi. O‘z yog‘iga qovrilib yotgan ota-onasini kuydirib, kenja o‘g‘il ham frontga jo‘nabdi. Undan ora-sira kelib turgan maktublar ota- onaning yagona quvonchi ekan. O‘sha yili bug‘doy o‘rimi erta boshlanibdi. Bir kuni jamoa xo‘jaligi raisi dalaga kelib, „Balli buva“ni bir chetga tortib, allanimalar debdi. Rais ketgach, buva ma'yus tortib qolibdi. Chalg‘ini yelkasiga ilgancha, qo‘shnilarga bugun uyga bormasligini kampiriga yetkazib qo‘yishlari- ni iltimos qilibdi. Tuni bilan tinmay bug‘doy o‘ribdi. Tong yo- rishganda, xo‘jalik rahbari kelib qolibdi. Bug‘doyzorning yarmidan ko‘pi o‘rib bo‘lin- ganini ko‘rib, hayron bo‘libdi. Bu otaxonning ishi ekanligini bilgach, bir o‘zi yigirma kishining yumushini bajargan buvani dast ko‘tarib, „Ya- shang, polvon ota“, deya chir aylantiribdi. „Balli ^buva“ning kenja o‘g‘lidan ham „qora xat“ kelganini xo‘jalik rahbari ming bir iztirob bilan o‘sha oqshom aytgan, otaxon bor alamini ishdan olgan ekan... Hali-hanuz mahalladoshlarimiz „Balli buva“ni eslab yurishadi...
1. Hikoyani o‘qing. Sardor to‘g‘ri ish qildimi? j 2. Siz she'rni qanday yodlaysiz?
I Xazonchinak - kuzda yig‘ishtirib olingan hosil- ning qoldig‘i.