Yayra Sa dullaye va (Hikoya) Sanobar uyg‘onsa, yotoqxonasi sovib ketibdi. Pag‘a-pag‘a qor yog‘ibdi. Hali hech kim isitgich yoqmagan edi. U erinibgina o‘rnidan turdi-yu, iliq suvga yuz-qo‘lini yuvib keldi. Oyisi:
Kechagina kuz edi, bugun qish ham kelib qolibdi, - dedi.
Sanobar oyisidan:
Qish bo‘lmasa, nima qiladi? - deb so‘radi.
Muruvvat opa qiziga shunday javob berdi:
Qish bo‘lmasa, yer yaxshi hordiq chiqara
olmaydi. Yer tabiatning uch faslida qattiq meh- 86 nat qilib, xalqqa noz-u ne’matlar beradi. Qish- da bamaylixotir dam oladi. Qor va yomg‘ir suv- larini yig‘ib, namligini kelgusi yil hosili uchun asrab turadi. O‘zida kuch to‘playdi. Bahor ke- lishi bilan insonga o‘z bag‘rini ochadi, mehrini sochadi.
Qish bo‘lmasa, yer charchab qoladimi? - deb so‘radi Sanobar ko‘zlarini javdiratib.
To‘g‘ri topding, qizim. Yer charchab qo- ladi. U toliqsa, sen yeyotgan olma-anorlar, qovun-tarvuzlar, kartoshkalarning hosiliga futur yetadi. Qor yog‘masa, qorbobo yasay olmay- san, yaxmalak ucholmaysan.
Sanobar hayron bo‘lib qoldi. Rosti bilan qish bo‘lmasa, bugungiday to‘kinchilik, boylik bo‘lmas ekan-da? ^Hali u bunday gaplarning mag‘zini chaqib ulgurmasdan, onasi yelkasiga qoqib:
Bo‘la qol, ona qizim, o‘qishingga kech qolma, - ldedi-da, uni maktabiga kuzatdi.
Sanobar yo‘l-yo‘lakay onasining aytganlarini o‘ylab borardi. Chunki oyijonisiga bergan sa- voliga olgan javobni o‘rtoqlariga ham aytgisi kelardi.
nimalar
Muruvvat opa qiziga qish haqida dedi?
Hikoya nima bilan tugadi? Matn mazmuniga mos maqol tuzing.
Momiq qor
Po‘lat Mo‘min
Yog‘adir momiq qor,
Beg‘ubor, Tutaman Yuzimni,
beg‘ubor. kaftimni, aftimni.
Ohista silaydi Va sog‘liq tilaydi. Hayron-la chopaman, Olam zavq topaman. Qor yog‘ar elanib, Oq rangga belanib. Dalalar yastanib, O‘zicha yasanib, Ko‘rinar keng borliq. Oq qorlik, ogohlik... Oppoq qor yog‘adir, Barchaga yoqadir. Maqtasa kiroyi
Qor - qishning chiroyi. Gapimning ochig‘i: Qor - yerning ozig‘i. Asli mo‘l hosildir, Murodlar hosildir.
Yog‘adir oppoq qor,
Hamma yoq oq gulzor.
!JP „Qor yog‘ar elanib, oq rangga
misralarini qanday tushundingiz?
She'rni yod oling.
belanib“
Qorparcha
Oydinniso (Ertak) 1 Qorparcha yoz faslini ko‘rishni orzu qilardi. U avvallari dunyoda yoz degan fasl borligini bilmasdi. Har qishda o‘ynab-kulib, yayrab-sakrab yog‘ardi. Har bahorda bug‘lanib, osmonga qaytar, ba'zan havo sovuq kelsa, kuzni ham ko‘- rib qolardi. Bir qish u o‘ynab tushib, daraxt shoxiga qo‘n- di. Sovqotib turgan daraxtga uning tashrifi yoq- madi, qovog‘ini uydi. Qorparcha hayron bo‘ldi:
Nega xafa bo‘lasan? Axir seni bezatish uchun keldim-ku! Qara, qanday chiroyli bo‘lib qolding!
Shuyam chiroy bo‘ptimi? - tumtaydi daraxt. - Sovuqdan hamma yog‘im uvushib ket- yapti. Sen meni yozda ko‘rganingda!..
Yoz deganing nima u? - qiziqdi Qor- parcha.
Yoz - bu... nur fasli. Ona yer quyosh nu- riga cho‘miladi. Gullar ochiladi, rang-barang kapalaklar ularga qo‘nib o‘ynaydi. Laylaklar ja- nubdan qaytib, shoxlarimga in quradi. Tuxu- midan palaponlar chiqadi. Eh, ularni bir ko‘rga- ningda!
Qorparcha o‘sha yili yerda qolib, yozni ko‘rmoqchi edi. Biroq u quyosh chiqishi bilan erib, bug‘lanib ketdi. Ko‘z ochib-yumguncha o‘zini osmonda ^ko'rdi. U endi avvalgi Qorparcha emasdi. Qalbini yozni ko‘rish istagi qamrab olgandi. Har za- monda osmondan yerga mo‘ralar, hech nima ko‘ra olmay xunob bo‘lardi.
Meni kapalakka aylantirib qo‘ying! - deb so‘radi u ona Bulutdan.
Kapalaklar yozda yashar emish. Men
yozni ko‘rmoqchiman.
Lekin...
Iltimos, kapalakka aylantirib qo‘ying!
Yana qish keldi. Ona Bulut Qorparchani kapalakka aylantirib, zaminga uchirib yubordi. 90 Qorparcha nega yoz faslini ko‘rishni orzu qildi?
Hikoyani rollarga bo‘lib o‘qing.
2
Kapalak qor yog‘yapti, kapalak qor! -
suyunib ko‘chaga otildi bolakaylar. Qorparcha qanotlarini qoqib, havoda raqsga tushdi. Horigach, tanish daraxt shoxiga qo‘nib:
Hooy, salom! Ko‘rdingmi, men kapalakka aylanib keldim! Sen bilan birga yozni ko‘r- moqchiman, - dedi u daraxtga.
Daraxt kulimsiradi:
Sen kapalak emas, kapalak qorsan. Qu-
yosh chiqsa, erib ketasan.
Hecham-da, - qaysarlik qildi Qorparcha, -
men kapalakman! Daraxt haq edi. Qorparcha yana havo isishi bilan erib, 4bug‘lanib ketdi. Biroq orzu qilishdan to‘xtamadi. Endi u ona Bulutdan laylakka ay- lantirib qo‘yishini so‘radi. Laylaklar ham yozda yashaydi. Daraxtning aytishicha, ular kattagina qush ekan. Ehtimol, laylakka aylansa, erib ketmas... U qanotlarini laylakcha qoqib zaminga uchdi. Bolalar uni ko‘rib, qo‘shiq kuylay boshlashdi. Laylak qor-u laylak qor, Laylak qorga men xumor. - Sen hech yozni ko‘rgan qor haqida eshitganmisan? - so‘radi Qorparcha tanish daraxtdan. - Eshitganman. Ular tog‘ cho‘qqilarida yashar emish. Ko‘pchiligi yozga kelib qurtlab ketar ekan. Qorparchaning yuzi burishdi. Yo‘q, u qurtlashni xohlamaydi. Yozni bir ko‘rsa bas, keyin erib ketsa ham mayli. Bu safar ham Qorparchamiz bahor kelishi bilan osmonga qaytdi. U dili xufton bo‘lib, yana ona Bulutga yuzlandi. - Shunday qilamanki, bu gal yozni ko‘rib qaytasan! - so‘z berdi ona Bulut. U so‘zining ustidan chiqdi. Qorparcha endi uchib tushib, ochilib turgan bir kaftga qo‘ndi. Bu - qaynoq yurakli shoir bolaning kafti edi. Qorparcha erib, uning vujudiga singib ket- di. Bu 4vujudda to‘rt fasl birday yashardi. Qorparcha orzu qilganiday, to‘rt fasl go‘zalligidan bahramand bo‘ldi. So‘ng shoirning ko‘zlaridan quvonch yoshi bo‘lib sizib chiqdi-da, osmonga bug‘lanib ketdi... Qorparchaning orzusi qanday amalga oshdi?