(Hikoya) Farhodning dadasi chana olib keldi. Chana- ning orqasida suyanchig‘i ^bor. Sirpanchiq qa- notlari yaraq-yaraq qiladi.
O‘g‘lim, chanangni o‘rtoqlaring bilan birga
uchgin, xo'pmi? - deb tayinladi dadasi. Farhod indamadi. Ertasiga nonushta qilar-qil- mas, chanasining ipidan tortib, ko‘chaga chiq- di. Osmondan kapalak qor yog‘ar, bolalar qiy- chuv ko‘tarib o‘ynashardi. Birov sirpanchiq uchar, birov qorbobo yasar edi. Bolalar Farhodni ko‘rishlari bilan atrofini o‘rab olishdi. Farhod bo‘lsa:
Qochinglar, bosib ketadi! - deb chananing ipidan mahkam ushlab oldi-da, Shavkatni turtib o‘tib ketdi. Ko‘chaning narigi betidagi tepalikka keta boshladi.
Tepalik ustiga chiqib, chanaga o‘tirib oldi. Keyin oyog‘i bilan bir siltangan edi, chana shuvullab pastga uchib ketdi. Farhodning ^yuziga qor uchqunlari urilar, chana esa qushdek uchib borar, uning qulog‘i ostida shamol g‘uvullar, ammo u sovqotmas edi. Chana pastga tushganidan keyin to‘xtab qoldi. Farhodning yoniga Bahodir yugurib keldi va Farhodga qarab:
Galma-galdan ucha qolaylik. Bir gal sen
tortasan, bir gal men tortaman, - dedi. Shunda Farhod:
Yo‘q, ipi uzilib ketadi, - dedi-da, qovo- g‘ini solib oldi. Bahodir Farhodning qizg‘an- chiqligidan xafa bo‘ldi va sirpanchiq ucha- yotgan bolalarning oldiga ketib qoldi.
U yana tepalikka chanasini sudrab chiqdi. Keyin pastlikka uchib tushdi. Besh-olti marta shunday qilgandan keyin charchab qoldi. Farhod chanasini sudrab bolalarning oldiga bordi:
Yur, Bahodir, galma-gal uchamiz, - dedi.
Kerakmas! Men bolalar bilan o‘ynay-
man, - dedi Bahodir. ^Farhod Dildoraning oldiga bordi:
Yur, Dildora, ikkalamiz chanada tepalikdan tushish o‘ynaymiz, - dedi.
Mali bermading-ku, chanangni! Endi kerak- mas, - dedi Dildora va qizlar bilan qorbobo yasayverdi.
Farhod ularning o‘yinini birpas tomosha qi- lib turdi-da, zerikib ketdi. Bolalarning oldiga bo- ray desa, Bahodir bilan Shavkatdan uyaldi. Bitta o‘zi chana uchay desa, hech qizig‘i qolmadi. U alamidan yig‘lab yuboray dedi. Dadasi nima uchun: „Chanangni bolalar bilan bir- galashib uchgin“, deganini endi tushundi. Sekin-sekin bolalarning oldiga bordi-da, cha- nani ularning o‘rtasiga surib qo‘ydi va: