Qna-sinoii daryolar Go‘zal Begim (Ertak) Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uch opa-singil daryolar bo‘lgan ekan. Kattasining ismi Amu- daryo, o‘rtanchasiniki Sirdaryo va kenjasining ismi Zarafshon ekan. Amudaryo kattasi bo‘l- gani uchun Tojikistonning Panj viloyatidan Orol dengizigacha bo‘lgan masofada yumushlarni ba- jarar, hammaga shirindan shakar zilol suvini
ulashar ekan. Amudaryoni barcha dov-daraxtlar, giyohlar va ekin-tikinlar yaxshi ko‘rar ekan. U Qoraqum va Qizilqum cho‘llarini ikkiga ajratib turarkan. O‘zbekiston orqali turkman eliga o‘tib, suv tashir, qaytib kelib, Orol dengiziga quyilar- kan. Uning shahd-u shiddati juda mo‘l, ko‘plab ishlarni yolg‘iz o‘zi bajarar ekan. Sirdaryo ham go‘zallikda opasi Amudaryodan qolishmas ekan. Uning qaddi raso, yuzlari tiniq, sochlari Amudaryoday shovullab turarkan. Sirdaryo ^Norin va Qoradaryo kabi daryolarning birlashishidan hosil bo‘lib, bu sirni hammadan sir tutib yasharkan. Chaqqonlikda opasi Amu- daryoga teng kelolmasa ham, harakatdan to‘x- tamas ekan. Ancha-muncha yumushlarda opa- siga yordamchi ekan. Kenjaoy Zarafshon esa jajji bo‘lgani uchun har bir qilig‘i o‘ziga yarashar ekan. Uch opa- singil juda ahil, inoq, halol mehnat qilib kun kechirisharkan. Biri daraxtlarga suv quysa, ikkinchisi tuproqni yashnatar ekan. Uchinchisi esa havoning namligini bir maromda ushlashga hissa qo‘sharkan. Ayniqsa, opalari Amudaryo „Yaxshilik qil-u, suvga ot, suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa Xoliq bilur“, degan maqolni tez-tez takrorlar ekan. Bu naql Sirdaryo va Zarafshonning quloqlariga tilla zirakday taqilibdi. Opa-singil daryolarning bag‘ri kengligidan suv- osti dunyosining o‘simlig-u jonivorlari xotirjam maktabga, ishga qatnar ekan.
fb 1. Opa-singil daryolar f oldingiz? 2. Ertakdagi
maqolni
haqida nimalarni bilib
qanday tushundingiz?
Uch opa-singil jahl, g‘azab nimaligini bilmas, shuning uchun atrofdagilar bir-birini ularning ismi bilan duo qilgani qilgan ekan: - Shahding, qudrating Amudaryoday bo‘lsin, Sirdaryoday uyingga baraka kirsin, Zarafshonday shonli, shavkatli bo‘lgin! O‘zlariga qiyosan qilingan duolar opa-singil daryolarga juda ham yoqarkan. Ular shu bois ham o‘z ahdlaridan qaytmay, zavqlanib naf keltirishda davom etishibdi. Olis-olislarda o‘z qavmdoshlari o‘zanidan toshib, haddidan oshib, toshqinlarga sababchi bo‘lib odamlarning, tabiat- ning umriga zomin bo‘lishganini eshitishsa, qat- tiq xafa bo‘lisharkan. Uch opa-singil ko‘nglining ochiqligi, saxiyligi, yaxshilikdan tolmasligi, g‘azab va qahrdan yiroq- ligi bois kundan kunga yasharib, umri uzaya- veribdi. Ular bilan do‘st bo‘lib yashayotgan odamlar esa hali ham farzandlariga Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon degan ismlarni qo‘yib, dar- yolarni farzandlariga qo‘shib suyarkanlar. Amu- daryo, Sirdaryo, Zarafshon esa toza qalbini ona zaminga qo‘yib, olis-olis masofalarga oqish- dan tolmay elga xizmatda ekan. Odamlar bir-birini qanday duo qilishar ekan?
Siz yana qanday daryolarni bilasiz?
Birlikda baraka bor. Obrd mahalla bo‘ylab Kavsar Turdiyeva Bizning mahalla-yu ko‘y, Har bir xonadon va uy, Mehrlarga to‘lmoqda, Shundan obod bo‘lmoqda. Unda har bekat, guzar, Insonlar bilan go‘zal. Gullarga to‘lgan rasta, Tutar sizga guldasta. Bizda doim qaynar ish, Har soatda o‘zgarish. Unda bilim o‘chog‘i, Quvnoq maktab quchog‘i. Mahalla bolalari Tarqalib turli yoqqa, O‘ynashar ko‘zboylag‘ich, Bekinmachoq va soqqa. Mahallam ajib ko‘rkam, U ham bir kichik o‘lkam. Mahalla bolalari nimalar bilan shug‘ulla- nadilar?
Mahallani Vatan desa bo‘ladimi?
O‘zingiz yashayotgan matn tuzing.
mahalla haqida kichik
Vatanni
tanish
Muhabbat Hamidova Mening ismim Firdavs. Qishloqda tug‘il- ganman. Dadam bilan oyijonim meni erka- latishadi, biroq buvim bilan buvam tergab tu- rishadi. Bizning kattakon bog‘imiz bor. Unda olma, gilos, shaftoli, anjir - qo‘yingki, barcha mevali daraxtlar o‘sadi. Bu daraxtlarni ham- masini buvam o‘z qo‘llari bilan ekkanlar. Buvamning aytishlaricha, har narsaga yosh- likdan mehr qo‘yish kerak ekan. Ana shunda bolaning imoni but bo‘ladi, Vatanni taniydi, uning qadriga yetadi. Uning nima ekanligini yurakdan his qiladi. Vatan himoyasiga ham tayyor turadi, deydilar dadamga takror-takror.
Buva, Vatan degani nima? - so‘rayman qulog‘imga bot-bot chalinadigan bu so‘zni tu- shunib olish uchun.
Vatan bu men sen bilan har kuni mehnat qiladigan bog‘, qo‘shni bolalar bilan chopqillab o‘ynab yurgan ko‘chang, senga bi- lim berayotgan maktabing, oxir-oqibat, qarin- dosh-urug‘, butun millatimizga makon bo‘lgan yurt mustaqil O‘zbekistonimizdir. Imoni butun odam Vatanni yurakdan his qiladi, ardoqlaydi. Kerak bo‘lsa, ko‘ksini qalqon qilib, himoya qiladi.