2021 boshlang'ich sinflarda integratsiyon o'qitishning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 309,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.05.2023
ölçüsü309,3 Kb.
#117426
1   2   3   4   5   6   7
boshlangich-sinflarda-integratsiyon-oqitishning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
86 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
fanlararo aloqadorlikni turli o’quv fanlari bo’yicha o’quv dasturlari, darsliklar 
mutanosibligini ta’minlov-chi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim. 
«Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun 
so‘zidan kelib chiqqan.
Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: 
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va 
vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi 
jarayon; 
ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan 
fanlarni 
yaqinlashtirish 
jarayoni. 
Genetik 
jihatdan 
integratsiya-uzviylik, 
predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, 
kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida 
ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy 
darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, 
o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida 
o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda 
tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv 
predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni 
yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan 
talqin etishni talab etadi.
Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr 
yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, etuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi. 
Zero u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab 
qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, 
turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni 
aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali 
tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan ob’ektni 
barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va 
mazmunini anglab etish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, 
integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish 
(differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi 
yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: - o‘kuv predmetlari va fanlar turkumi 
doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; - turli o‘quv predmetlaridan tahsil 
beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; - ta’lim-tarbiya ishini tashkil 
etish shakllarini integratsiyalash va shu kabilar. Bu yo‘nalishlarning har birining aniq 



Yüklə 309,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin