Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 84
w www.oriens.uz July 2021 va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish Davlat dasturi”,
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar
strategiyasida va boshqa me’yoriy hujjatlarda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish
vazifalari belgilangan bo’lib, bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilan ishlash,
ularni barkamol avlod sifatida shakillantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli
amalga oshirilishida zamin bo‘lmoqda.
MATERIAL VA METODLAR Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “biz ta’lim va tarbiya
tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillash-
tirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” degan fikri muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo
aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir
bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik
o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini
rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni
egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini darsda va
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday
faoliyatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini erkin qo‘llash imkoniyatini
beradi.
Ilm-fan yutuqlari va ularning insonlar hayotidagi o‘rni rivojlangan mamlakatlar
maktab ta’limi mazmuni va strukturasiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘quv soatlari
keskin qisqartirildi, o‘quv materiallari mazmuni modernizatsiya qilindi. Turli o‘quv
predmetlarini
o‘qitishda
soatlarning
qisqarishi,
o‘quv
materiallari mazmunining ilmiy jihatdan murakkablashishi natijasida o‘quvchilarga
qo‘yilayotgan talablar kuchaydi, ta’lim sifatida birmuncha pasayishlar
kuzatilmoqda.
O‘quvchilar o‘quv materiallarini o‘zlashtirishida sodir bo‘layotgan
bunday pasayishlar yosh avlodning intellektual rivojlanishiga ta’sir etmay
qolmaydi. Bu holat esa o‘qituvchilardan o‘quvchilarga bir fan doirasida
bog‘liqliklar asosida turli hodisalarni o‘rganishni taqozo etadi. Tabiat hodisalarini,
ularning tuzilishi, mohiyati va funksiyalarini, qonuniyatlarini o‘rganish o‘quvchilar
tafakkurida qiyoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish, induktiv va
deduktiv xulosa chiqarish kabi tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishga yordam
beradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi
yangi fundamental hamda amaliy tadqiqiga oid yo‘nalishlarini rivojlantirish,