Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 88
w www.oriens.uz July 2021 qo‘llanmalarida quyidagicha izohlaydilar: “O‘quv predmetlari orasidagi integratsiya
predmetlar tizimini inkor etmaydi, balki predmetlar orasidagi aloqalar va
bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan yondashuv – differensiya va integratsiya
orasidagi munosabatni tushunishga tayanadi... turli fanlarning element va qismlarini
bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni
ikkinchisiga ko‘chirish yoki faoliyatning almashinishi emas, balki fanlar
integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratish
jarayonidir [1].
Chet el ta’limi tajribasi shuni ko‘rsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni
rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalashgan fanlar ko‘pgina mamlakatlar
o‘quv dasturlaridan allaqachon joy olgan. Ularda asosiy e’tibor o‘quvchilarga
boshlang‘ich ta’lim orqali faqat o‘quv predmetlari asosida bilim berishni emas, balki
ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina xorijiy mamlakatlar
boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar
bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish,
inson, tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbatlashadigan; faqat odamlar
suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar,
musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir... Olamning umumiy
ko‘rinishini tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishdir; bola esa ham dunyoni, ham
o‘zini o‘rganuvchi, tekshiruvchi o‘rniga qo‘yiladi”[1].
Olimlar qarashlari shuni anglatadiki, ta’limni integratsiyalashning asosiy
maqsadi boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarda tabiat va jamiyat haqida yaxlit
tasavvur uyg‘otish va ularning rivojlanish qonuniyatlariga o‘quvchi munosabatini
tarkib toptirishdan iborat. Holbuki, bugungi kunda DTS bilan o‘quv dasturlari
o‘rtasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda. Boshlang‘ich ta’lim DTS da “Ona tili”,
“Matematika”, “Tabiat” ta’lim sohalari ko‘rsatilgan holda amaldagi o‘quv rejasidan
10 ta predmet joy olgan. Bu holat o‘quvchiga taqdim etilayotgan bilimlarda
maydalashish va mavzular takrorini keltirib chiqarmoqda. Qaytarish va takrorlar esa
o‘quvchini zeriktiradi, vaqtdan unumli foydalanishga monelik qiladi. Misol tariqasida
1-4 sinflarning yillik taqvimiy ish rejasini oladigan bo‘lsak, bir qator mavzular
qaytarilayotganini, takrorlanayotganining guvoxi bo‘lamiz [2]. Bu takroriylik asosan
bir paytga (xafta ichida, bir kunda) to‘g‘ri keladi. Demak, ularni o‘zaro bog‘lab, bitta
kompleks dars ishlanma yaratish natijasida integatsiyalashgan dars tashkil qilamiz.
Natijada, o‘quvchilar mujassam bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “O‘qish”
darsidan “Vatan”, “Odobnoma”dan “Bobolardan meros yurt”, “Musiqa”dan “Qo‘shiq
aytish qoidalari”, “Tasviriy san’at” dan “Vatanjonim-vatanim” mavzulari ayni bir