Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 87
w www.oriens.uz July 2021 o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart-
sharoitlarni talab etadi. Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina
ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini ham shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim.
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi. Tizimlashtirishdan ko‘zlangan
asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni
yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat
ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi.
Integratsiyalashtirishning mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi
darajadagi bilish natijalariga erishishdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ
yondashuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit ob’ektning ichki va
tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib
borilishi mumkin. Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-
birini taqozo etuvchi va birbiriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv
fanlarini integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-
harakat usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. Agar XIX – XX
asrlar oralig‘ida jahon pedagogikasida A.Gerd, D.Kaygarodov, A.Pavlov singari
olimlar boshlang‘ich maktabni tashkil qilish, unda olamni anglash jonli va jonsiz
predmetlar haqida yaxlit tushunchalarni shakllantirish orqali amalga oshirilsa,
o‘quvchining biluv faoliyati samarali kechishi haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilgan
bo‘lsalar, YAn Komenskiy, D.Lokk, M.Pestalotsi, K.Ushinskiy qarashlarida ayni
ta’lim samaradorligiga fanlararo aloqa vositasida erishish mumkinligi asoslandi.
Ushbu qarash XX asrning oxirgi o‘n yilliklariga qadar S.Baranova, N.Talizina,
M.Lvov, N.Svetlovskaya, E.Koladin kabilar ishlarida ancha takomillashtirildi.
Boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanga oid tushunchalar aloqadorligiga tayanib
ta’lim samaradorligiga erishish yo‘llari, usul va vositalar XX asr oxiriga qadar
Rossiyalik olimlar N.Drujinina, T.Nazarova, I.Blinova, R.Matyushova tomonidan
keng ko‘lamda tadqiq qilindi.
XXI asrga kelib, fanlararo aloqa o‘zaro yaqin tushunchalarga asoslanib, yoki
aloqador mavzular doirasida ularning mohiyatini o‘quvchiga tushuntirishda ta’limni
tizimli yaxlitlashtirish, uzviylashtirish o‘zaro mujassamlash asosida bilim berish –
ta’lim mazmunini integratsiyalash muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda integratsiyalashgan ta’lim muammosiga boshlang‘ich ta’limda
ham jiddiy diqqat qaratilayotganligining sababini professorlar R.Mavlonova va
N.Rahmonqulova “Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi”(2009),
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” (2013) nomli o‘quv