Suzish va tindirish Suzish usuli sanoat oqova suvlarini samarali tozalashdan oldin, kanal
va quvurlarni to ‘lib qolmasligi, shuningdek, oqova suvlar tarkibidagi yirik aralashmalami ajratib
olish maqsadida qo'llaniladi. Bu jarayonni amalga oshirishda odatda panjara yoki elaklardan
foydalaniladi. Panjaralar qo‘zg‘aluvchan, qo‘zg‘almas, shuningdek, maydalagichlar bilan
biriktirilgan turlarga bo‘linadi. Panjaralar metall naychadan tayyorlanadi va oqova suvning
harakatlanish yo‘nalishiga 60—75° burchak ostida o‘rnatiladi. Doira kesimli naychalarning
qarshiligi kam bo'ladi, ammo tez ifloslanadi, shuning uchun ko‘pincha to ‘g‘ri burchakli
naychadan foydalaniladi. Panjaralar oqova suvni turli xilda o'rnatilgan xaskashlar yordamida
tozalaydi
Tindirish usuli oqova suv tarkibidagi dag‘al dispers aralashmalarni cho‘ktirishda
ishlatiladi. Cho‘ktirish og‘irlik kuchi ta ’sirida olib boriladi. Jarayonni olib borish uchun
qumtutgich, tindirgich va tiniqlashtirgichlar qo'llaniladi. Tiniqlashtirgichlarda bir vaqtning o‘zida
tindirish bilan biiga oqova suvni muallaq zarrachali qatlamdan o ‘tkazish ham amalga oshadi.
Oqova suvlardagi turli shakl va o ‘lchamga ega bo'lgan muallaq zarrachalarning fizik xossalari
cho‘ktirish jarayonida o ‘zgaradi.
Filtrlash usuli oqova suv tarkibidagi mayda dispers qattiq yoki suyuq moddalarni ajratib
olish uchun qo‘llaniladi. Chunki ularni tindirish usuli bilan ajratib olish qiyin.
Oqova suvlarni fizik-kim yoviy tozalash ga koagullash, flokullash, adsorblash, ion-
almashinish, ekstraklash, rektifiklash, bug‘latish, distillash, qaytar osmos, ultrafiltrlash,
kristallash, desorblash kabi usullar kiradi. Bu usullar oqova suvlar tarkibidagi mayda dispers
zarrachalardan (qattiq va suyuq), erigan gazlardan, mineral va organik moddalardan tozalashda
qo‘llaniladi. Fizikkimyoviy usullarni qo'llash biokimyoviy usullarga nisbatan bir qator
afzalliklarga ega: 1. Oqova suv tarkibidagi zaharli biokimyoviy oksidlanmaydigan organik
ifloslantiruvchilarni yo‘qotish mumkin. 2. Ancha chuqur va barqaror darajada tozalashga
erishiladi. 3. Qurilmalar oicham i kichik. 4. Bosimlar o'zgarishigata’sirchanligi kam. 5. To‘liq
avtomatlashtirish mumkin. 6. Ba’zijarayonlarning kinetikasi chuqur o‘rganilgan, modellashtirish,
matematik izohlash va optimallashtirish imkoniyati bor. 7. Turli moddalarni rekupirlash imkoni
bor. Oqova suvlarni tozalashda sanitariya va texnologiya talablariga amal qilgan holda usul
tanlanadi. Bunda oqova suvning miqdori, ifloslovchi moddalarning konsentratsiyasi, moddiy va
energetik resurslarning mavjudligi va jarayonning foydaliligi hisobga olinadi.
Flotatsiya Oqova suvdan erimaydigan va o‘zi mustaqil cho‘kadigan aralashmalarni
ajratib olish uchun flotatsiya usuldan foydalaniladi. Ba’zan erigan moddalar, masalan sirt faol
moddalar (SFM) ni ajratib olishda ham bu jarayon qo'llaniladi. Bu jarayon ко ‘p'ikli quyultirish
deb ataladi. Neftni qayta ishlash, sun’iy tola, sellulozaqog‘oz ishlab chiqarish, teri oshlash,
mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarini tozalashda flotatsiya qo‘l keladi.
Biokimyoviy tozalashdan so‘ng faol loyqani ajratib olishda ham bu usuldan foydalaniladi.