2022 №4 244
mahsulotlari suvdan gaz yoki cho‘kma ko‘rinishida ajratib olinadi. Tozalash usullarini tanlash
quyidagi omillarni hisobga olgan holda olib boriladi:
1) qayta ishlatishni hisobga olgan holda tozalangan suvga qo‘yiladigan sanitar va
texnologik talablar;
2) oqova suv miqdori;
3) korxonada zararsizlantirish jarayoni uchun zarur bo‘lgan energetik va moddiy resurslar
miqdori (bug‘, yoqilg‘i, siqilgan havo, elektr energiya, reagent, sorbentlar), shuningdek, tozalash
qurilmasi va inshootlari uchun zarur maydon.
Sanoat va maishiy oqova suvlar tarkibida suvda eriydigan va erimaydigan moddalarning
muallaq zarrachalari bo‘ladi. Muallaq iflosliklar qattiq yoki suyuq bo'lib, dispers sistemani hosil
qiladi. Zarracha o‘lchamlariga ko‘ra dispers sistemalar 3 guruhga bo‘linadi:
1) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm dan yuqori bo‘lgan dag‘al dispers (suspenziya va
emulsiyalar) sistemalar;
2) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm; dan 1 nm gacha boigan kolloid sistemalar;
3) alohida molekula yoki ion o‘lchamlariga mos keluvchi zarrachalari bo‘lgan chin
eritmalar.
Oqova suv tarkibidan muallaq zarrachalarni ajratib olish uchun gidromexanik jarayonlar,
kolloid dispers sistemalar uchun fizikkimyoviy, organik va anorganik eritmalarni ajratish uchun
kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Bu jarayonlarni tanlash zarracha olchamiga, fizik-
kimyoviy xossasiga, ularning suvdagi konsentratsiyasiga, oqova suv sarfiga bogiiq. Shuning
uchun oqova suvlarni tozalashda quyidagi usullar qoilaniladi:
1. Mexanik (suzish, tindirish, cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash va h.k.).
2.Fizik-kimyoviy (adsorblash, koagullash, flokullash, flotasiya, ion-almashinish,
ekstraklash va h.k.).
3. Kimyoviy (neytrallash, oksidlanish, qaytarilish).
4. Biokimyoviy (aerob, anaerob sharoitlarda).
5. Termik (yuqori harorat ishtirokida).
Bu usullar ham o‘z navbatida turli xildagi tozalash jarayonlariga bolinadi. Oqova suvlarni
tozalashda, birinchi navbatda, mexanik usuldan foydaniladi.