UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
241
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Sayyoramizda tabiiy suvning umumiy xajmi 1386 mln.km3 ni tashkil qiladi.
Shundan
97,5% dan ko‘prog‘i okean, dengiz va ko‘l suvlari.
Dunyo bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 3900 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Shu
ko‘rsatgichning taxminan yarmi ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmi esa oqova suvlarga
aylanadi.
Ushbu muammoni xal qilish yechimlaridan biri oqova suvlarni qayta ishlash yoki suv
xavzalariga tashlashda oqova suvlarni tozalash inshootlari (usul qurilmalari)dan to‘g‘ri
foydalanish zarur.
Suvni muhofaza qilish obyektlarining qurilishi va suvni qayta ishlatish tizimi quvvatini
oshirish suv manbalarini umuman qurishdan yoki ifloslanishdan
yaxshiroq muxofaza qilish,
korxonalarda suvdan foydalanishning nooqova tizimini qo‘llash va shuningdek, suv xo‘jaligi
komplekslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimini tashkil etish, mamlakatimizdagi suv
resurslaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni xo‘jalik, sanoat korxona chiqindilari orqali ifloslanishdan
saqlash va suvni tozalash jarayonini yaxshi tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki atrof-muhitni va suv xavzalarini muhofaza qilish
uchun oqova suvlarni havzalarga tashlashdan oldin chuqur tozalash kerak.
Bundan tashqari
ishlab chiqarish (sanoat) oqova suvlari juda zaharli xisoblanib, kimyoviy (reagent) elementlarga
boy bo‘ladi. Shu sababdan ham ishlab chiqarish (sanoat) korxonalari oqova suvini qayta
ishlashda yopiq tizim qo‘llanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: