UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
243
Texnologik suv
muhit hosil qiluvchi, yuvuvchi va reaksion suvlarga ajratiladi.
Muhit
hosil qiluvchi suvlar eritish va pulpalar hosil qilish, rudalarni
boyitish va qayta ishlash, sanoat
mahsulotlari va chiqindilarning gidrotransportida ishlatiladi. Yuvuvchi
suvlar gaz holatidagi
(absorblash), suyuq (ekstraklash) va qattiq mahsulotlami yuvishda kerak bo‘ladi. Reaksion
suvlar
reagentlar tarkibida, shuningdek, azeotrop haydash va shunga o‘xshash
jarayonlarda
qo‘llaniladi. Texnologik suvlar mahsulot va buyumlar bilan bevosita ta’sirlashadi. Quyidagi
jadvalda turli maqsadlarda ishlatiladigan suvlarga qo‘yilgan talablar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: