2022 muloqotning pedagogik faoliyatda o‘ziga xos psixologik ta’siri abdiyeva Dilfuza Qurbonovna



Yüklə 57,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü57,37 Kb.
#167229
1   2   3   4   5
muloqotning-pedagogik-faoliyatda-o-ziga-xos-psixologik-ta-siri

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
583 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
ya’ni mag‘zini chaqib chiqamiz va shu yo‘sinda kontekstda mujassamlashadigan 
matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz” 
Bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifalarimiz ma’lum darajada ancha 
qiyin hamda murakkabdir. Zero, oldimizda turgan vazifani ado etish faoliyatda ancha 
keng bilim va tafakkurni talab etadi. Bugun kishining ichki hoxish-irodasi, shaxsiy 
qarorigina bunday majburiyat hissini uyg‘ota oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Shuning uchun ham muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida birinchi darajali ahamiyat 
kasb etadi. Muloqotsiz ijtimoiy tajribani ta’lim oluvchilarga taqdim etish imkonsizdir. 
O‘qituvchidan esa nutq va muloqot madaniyatini, notiqlik san’atini puxta egallashi 
muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 
Yoshlarning bilim olishlari, intilishlarini, o‘qituvchiga yoki tengdoshlarining 
ichki olamiga yaqinlashtirish uchun atrofidagilarga uning nazari bilan qarash, 
yondashish, ularni tinglash va tushunish ular uchun muhim o‘rin egallaydi. 
O‘quvchilarning ta’lim jarayonida muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik 
darajasi ham muhim o‘rin egallaydi. Ta’lim berish jarayonida yoshlarga kuchli ta’sir 
etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u qabul qilmasligi, o‘qituvchining bergan 
ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki bolada yoshligidan muomala 
madaniyatini shakllantirib borishda maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi lozim bo‘ladi.
NATIJALAR 
Muloqot nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, avvalo oilada, mahallada, jamoada, 
guruhda shakllanib boradi. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda 
bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar nafaqat bilimlarni o‘rganishga jalb etiladilar, 
balki ularning muloqotga bo‘lgan ehtiyojlari ham qondiriladi. Shu asosda 
o‘quvchilarda o‘z-o‘zini namoyon etish, ijod qilish, o‘zliklarining yaxshi jihatlarini 
ko‘rsatish ko‘nikmalari ham shakllantiriladi. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning 
hosil bo‘lishida esa muloqotning o‘rni beqiyos. 
MUHOKAMA 
Shu sababli ham o‘qituvchi mehnatining natijasi sifatida uning o‘quvchilar bilan 
hamkorlikda ishlashni to‘g‘ri tashkil etishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ular 
faoliyatiga rahbarlik qilishini ko‘rsatish mumkin. 
O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi muomala va muloqotni to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilmasligi ularning o‘zaro bir-birlarini tushunmasligi ular orasida qiyinchilikni 
vujudga keltiradi, hamda o‘quv-tarbiya jarayonini murakkablashtiradi, ijtimoiy 



Yüklə 57,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin