2022 muloqotning pedagogik faoliyatda o‘ziga xos psixologik ta’siri abdiyeva Dilfuza Qurbonovna



Yüklə 57,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü57,37 Kb.
#167229
1   2   3   4   5
muloqotning-pedagogik-faoliyatda-o-ziga-xos-psixologik-ta-siri

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
584 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
tajribasini ta’lim oluvchilarga yetkazilishini qiyinlashtiradi. Bu esa o‘quvchilarning 
yangi xarakterdagi shaxsiy tajribani hosil qilishlariga to‘sqinlik qiladi. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayoni kasbiy pedagogik 
faoliyatning mazmuni va muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratar ekanmiz
shaxslararo muloqotning boshqa shakllariga nisbatan pedagogning o‘quvchilar bilan 
muloqoti va hamkorligidagi o‘ziga xoslik o‘quvchilarning rivojlanishlariga xizmat 
qilishidadir. Pedagogik muloqot o‘qituvchining shunday muloqotiki, uning 
yordamida o‘quvchilarning istak va hohishlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit 
yaratiladi, o‘quv faoliyatining ijodiy xarakterga ega bo‘lishini ta’minlanadi, ularning 
shaxsiyatini samarali shakllantirish imkoniyatlarini vujudga keltiriladi, o‘quv 
jarayonida qulay hissiy muhit yaratiladi, jamoada ijtimoiy-psixologik jarayonning 
boshqarilishi ta’minlanadi. Shu bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida o‘qituvchining 
shaxsiy xususiyatlaridan yuqori darajada foydalanish imkoniyati tug‘iladi. 
Samarali pedagogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun o‘qituvchi quyidagi 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi: 
- o‘z xulq - atvorini boshqara bilishi; 
- diqqatning sifatini ta’minlashi; 
- ijtimoiy persepsiyaga ega bo‘lishi va o‘quvchining qiyofasidan uning 
kechinmalarini o‘qiy olishi; 
- o‘quvchi shaxsiyatini mos tarzda modellashtirish, tashqi belgilar asosida uning 
ruhiy holatini anglash; 
- nutq orqali muloqotni o‘rnatish; 
- o‘quvchilar bilan nutq yordamida hamda nigohlar orqali aloqaga kirishish va 
shu kabi ko‘nikmalar. 
Har qanday ta’limning maqsadi – ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi. O‘quv faoliyatida ta’lim maqsadining 
barcha jihatlarini amalga oshirishda turli ta’lim metodlarini birgalikda qo‘llash zarur. 
Bunday faol shakllar sirasiga: 
- Guruhli yoki individual-guruhli; 
- Juftliklarda; 
- Jamoaviy ish shakllarini kiritish mumkin. 
Ushbu shakllar umumiy va tarkibli shakllar sifatida baholanadi. 
Shu bilan bir qatorda o‘qitishning aniq va maxsus shakllari ham mavjud. Ular: 
- Seminarlar; 
- O‘quv konferensiyalari; 



Yüklə 57,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin