Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
974
w
www.oriens.uz
November
2022
Multimedia tushunchasi hayotimizga 90-asrning boshlarida kirib keldi.
Ko‘pgina mutaxasislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar.
Ularning fikrlarini
umumlashtirib multimediaga shunday ta’rif berish mumkin: multimedia bu
informatikaning dasturiy va tehnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va
orginal turlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazib berishning
mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia tushunchalari juda xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha
har qanday vaqtda
mavjud bo‘lgan texnologiyaga bog‘liq. Multimedia so‘ziga o‘zbek tilining izohli
lug‘atida quyidagicha ta’rif berilgan: multimedia-[ing. media, medium- o‘rta, markaz,
vositalar, tadbirlar] axborot uzatishning xilma-xil vositalari (matn, ovoz,
jonlantirilgan va grafik tasvirlar) ni qamrab oluvchi texnologiya va shunday
texnologiyadan foydalanuvchi dasturlar va kompyuter vositalari.
Dastlabki yillarda
ta’riflar ikki yoki undan ortiq media vositalari haqida ma’lumotni o‘z ichiga olgan
bo‘lsa, keyingi yillarda audio, musiqa, video, foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa,
foydalanish huquqi to‘liq integratsiyalashgan birikmalar
xususiyatlari bilan bir xil
ma’noga ega bo‘ldi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim faoliyatida o‘zgarishlarga
olib keldi. Kompyuterlar va internet ta’limda darsliklardan interfaol foydalanish va
multimedia dasturlarini qo‘llash, turli xil o‘rganish uslublariga ega bo‘lgan
o‘quvchilar uchun vizual va eshitiladigan tarzda boyitilgan elektron materiallar
taqdimotini osonlashtiradi. Aytish mumkinki kompyuterli muhitda o‘rganish,
individual o‘rganish tezligiga ko‘proq mos keladi va eslab qolishga yordam beradi.
So‘ngi yillarda o‘qitish muhitida tez-tez qo‘llanadigan axborot va o‘quv
manbalaridan biri multimedia resurslaridir. Multimedia ko‘p his-tuyg‘ularni jalb
qilish uchun yaratilgan. Multimediali ta’lim muhiti o‘rganishni
osonlashtiradi va
oshiradi. Kompyuter muhitida multimedia texnologiyalari bilan boyitilgan real yoki
virtual tasvirlar, matnlar,
tovushlar, grafiklar va rasmlar malakali ta’lim dasturlarini
tayyorlashga yordam beradi. Grafika, video, animatsiya va ovoz kabi turli xil
vositalar birgalikda taqdim etilganda o‘rganish muhitida farqlash orqali o‘rganishni
osolashtiradi va oshirishi mumkin deb hisoblanadi.
AKT sohasidagi o‘zgarishlar
axborotni taqdim etish, qabul qilish almashish
usullarini ham o‘zgartirdi. Elektron o‘quv materiallari vaqt va ishlash jihatdan ko‘p
afzalliklarga ega bo‘lsada, ular qayta-qayta foydalanish,
osonlik bilan almashish va
ko‘paytirish imkoniyatini ham taqdim etadi. Kompyuter va internet bilan o‘zgargan
va rivojlanishda davom etayotgan ta’lim muhitlarida qo‘llaniladigan materiallar
kompyuter bilan ta’lim muqarrar bo‘lib qoldi. Ta’lim va o‘qitish jarayonida