2022 ta’limda multimediali vositalardan foydalanishning pedagogik xususiyatlari



Yüklə 98,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü98,71 Kb.
#162594
1   2   3   4   5   6   7   8
ta-limda-multimediali-vositalardan-foydalanishning-pedagogik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
976 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
Matn: Matn multimedianing eng muhim qismlaridan biridir. Multimedia 
matnining dizayni va mazmuni gazeta va kitob matni kabi boshqa matn turlaridan 
farq qiladi. 
Grafika: Rasmlar, fotosuratlar, tasvirlar va boshqa san’at asarlari grafik deb 
ataladi. Kompyuter grafikasi kompyuter yordamida rasmlarni yaratish, tasvirlash, 
manipulatsiya qilish va ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Grafika multimedianing eng 
muhim tarkibiy qismlaridan biridir, chunki u orqali biz ma’lumotni rasm ko‘rinishida 
tasvirlashimiz mumkin. Grafikning 2 turi mavjud: chiziqli chizma va tasvir. 
Animatsiya: Animatsiya multimedianing eng dinamik shakllaridan biridir. 
Animatsiya chizmalar, obektlar, odamlar va h.klarning harakatsiz tasvirlarini yozib 
olish orqali yaratiladi. 
Audio: audio- bu nutq, musiqa va boshqa turdagi tovushlar. Ovoz elementi 
oddiy multimedia muhitini yaxshilash uchun ishlatiladi. 
Video: Video yozuv bilan tasvirlar ketma-ketligini ko‘rsatadi.
Multimediali kompyuterlar so‘z, musiqa va boshqa ovozli ma’lumotlar hamda 
video ma’lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimedia texnologiyalari 
ta’lim rivojlanishining kafolati hisoblanadi. Multimedia texnologiyalari ta’lim 
jarayonini boyitadi, o‘quv materiali ta’limiy axborotlarni idrok etishni yanada 
samaralashtirish imkonini beradi. Multimedia – bu zamonaviy va dasturiy 
vositalardan foydalanib, interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual 
va audiosamara ta’siridan iborat. Gipermedia – bu multimediali obektlarda 
qo‘llaniladigan gipermatnli vostalar bilan bog‘liq kompyuter fayllaridir. Ta’limni 
kompyuter va boshqa internet-texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda, turli 
afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar ham mavjud: bu aloqa liniyalari bilan 
bog‘liq muammo bo‘lishi mumkin. Mazkur muammolarni CD-ROM va DVD disklari 
deb ataladigan optik kompakt disklar yordamida hal etish mumkin. 
Ta’lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta’lim sifati va samarasini 
oshirib, sarf- xarajatlarni kamaytiribgina qolmay, balki ekologik toza, xavfsiz muhit 
yaratilishi omili ham hisoblanadi. Multimedia stendlari vositasida o‘quvchilar har 
qanday axborotni nafaqat ko‘rib, balki eshitib ham xotiralarida saqlab qolishi 
osonlashadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy 
etilishi – ta’lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir, 
hamda talabalar va o‘quvchilarni inteluktual rivojlantirish hamda jamiyatimizni 
ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. 
Ta’limni rejalashtirish va boshqarishda o‘qituvchilar rolining asosiy jihatlaridan 
biri to‘g‘ri ta’lim va o‘quv maqsadlari uchun to‘g‘ri resurslarni tanlash qobiliyatidir. 



Yüklə 98,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin