2022 ta’limda multimediali vositalardan foydalanishning pedagogik xususiyatlari



Yüklə 98,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü98,71 Kb.
#162594
1   2   3   4   5   6   7   8
ta-limda-multimediali-vositalardan-foydalanishning-pedagogik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
975 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
doimiylikni ta’minlash uchun foydalaniladigan materiallar turli xil va bir necha 
tuyg‘ularga murojaat qilishi tavsiya etiladi. Kurs materiallarini tayyorlashda, masalan, 
individual farqlarni hisobga olish (o‘rganish uslubi, o‘rganish tezligi va boshqalar) va 
keyin ularni talabalarga taqdim etish kabi ko‘plab qiyinchiliklari mavjud. 
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: 

Berilayotgan materialni chuqurroq, mukammalroq o‘zlashtirish imkoni bor; 

Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi 
yanada ortadi; 

Ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga 
erishish; 

O‘qituvchi sinfda bo‘lishi shart emas; 

Olinganbilimlarkishixotirasidauzoqmuddatsaqlanib, 
kerakbo‘lgandaamaliyotdaqo‘llashimkonigaerishiladi. 
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumlidir va 
vaqtdan yutishi mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha 
vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib 
qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish(video) asosida qabul qilsa, 
axborotni xotirada saqlab qolishi 25-30% oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv 
materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, 
materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. 
Multimedia vositalari yordamida axborotlarni matnli, tasvirli, tovushli va 
animatsiyali ko‘rinishda namoyish etish mumkin. Multimediali axborot resurslari 
animatsiyali, audio va video ma’lumotlardan tarkib topadi. 
MUHOKAMA 
Multimedianing texnik vositalari vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lib 
o‘rganish mumkin: 

Nutqli axborotni kiritish chiqarish qurilmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, 
tovush kolonkalari); 

Video va grafik ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (raqamli video kamera, 
raqamli foto kamera, TV-tyuner, modem); 

Ma’lumotlarni namoyish etish raqamli tasvir va videoaxborotlarni 
foydalanuvchiga namoyish etish qurilmalari (monitor, proyektor, video karta). 
Kompyuter multimedia ma’lumotlarini turli formatlarda saqlaydi. 



Yüklə 98,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin