210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə25/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
mjtk 210

48-modda. Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash
Ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlariga, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar yetkazishiga barham berish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Maxsus vositalarga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, xonalarni ochish, transport vositalarini majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi.
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
ushlab turilganlarning yoki qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylari xodimlariga, boshqa ushlab turilganlarga yoki qamoqqa olinganlarga va o‘zga shaxslarga hujumini daf etishda;
ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga, jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlarga barham berishda;
qamoqda saqlash joylarining xodimlariga ashaddiy tarzda bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlashda;
qamoqdan qochgan ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni ushlashda;
garovga olinganlarni, egallab olingan binolar, inshootlar, xonalar va transport vositalarini ozod qilishda;
ushlab turilganlarni yoki qamoqqa olinganlarni boshqa erga ko‘chirish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turishda — qamoqdan qochishning oldini olish uchun.
Ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llanilishi mumkin.
Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurol qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin.
Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolning turlari, ularni ishlatish muttasilligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning shaxsi inobatga olingan holda belgilanadi. Maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash ushlab turilganlarga yoki qamoqqa olinganlarga hamda boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar yetkazishi kerak.
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari yaqqol ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoxud ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalar, gazli va shikastlantiruvchi qurolni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar mustasno.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin