F. Burg’ilab portlatuvchi ishlarning pasportini tuzish. Skvajina zaryadlarining parametrlari, ularning uyiqda joylashgan parametrlari va qisqa sekinlashtirilgan portlashga qabul qilinga sxemaga muvofiq burg’ilab portlatuvchi ishlarning pasporti tuziladi.
BPI pasporti alohida (uyiq balandligidan kelib chiqib) masshtabi 1:200 dan 1:350 gacha bo’lgan A4 formatli qog’ozda shakli va barcha keltirib o’tilgan parametrlarga muvofiq planda chiziladi (rasm 5.1). Portlash sxemasi va zaryadlarning konstruksiyasi tavsiyaga muvofiq qabul qilinadi Rasmda aks ettiriladi.
Pasport shu qog’ozning o’zida jadval ko’rinishida joylashtirilishi lozim. Unda portlash proektiga tegishli grafik holatda ko’rsatib bera olmaydiga (tog’ jinslarning portlanish kategoriyasi, portlovchi modda turi, uning sarf qilingan hajmi, zaryadning massasi va h.k) barcha boshqa ma’lumotlarni keltirish kerak.
22.5. - jadval Burg’ilab portlatuvchi ishlarning asosiy parametrlari