Tarix fani to’garak konspekti
Sana: ________________
Mavzu: O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar. 1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Ittifoqdatutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarixhaqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.
Birlik” xalq harakati va “Erk” demokratik partiyasining ijtimoiy siyosiy cheklanganligi va xatolari. Bu davr O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi va siyosiy madaniyatning keskin ko‘tarilishi yuz berdi. 1988-yil noyabrda “Birlik” xalq harakati (rahbari professor Abdurahim Po‘latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Shuningdek, harakat huzurida O‘zbekiston yoshlarining erkin uyushmasi (1988-yil noyabrda asos solingan) hamda “To‘maris” ayollar harakati ham faoliyat ko‘rsatdi. Ular XX asr 80-yillari oxiri va 90-yillari boshlarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynadi. Harakatning “Birlik”, “To‘maris” va boshqa gazetalari yarim ochiq holatda nashr etildi hamda O‘zbekiston aholisi o‘rtasida tarqatildi. “Birlik” xalq harakati faollarining bir guruhi keyinchalik, modern shoir Muhammad Solih (Saloy Madaminov) boshchiligida siyosiy partiya tuzish uchun harakat boshladilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyida uning dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya tomonidan 1990 – 1992-yillarda nashr etilgan “Erk” gazetasi O‘zbekiston aholisi o‘rtasida juda mashhur bo‘lib ketdi.Bu harakat va partiyalar (keyinchalik, O‘zbekistonda demokratik ruhdagi boshqa siyosiy partiyalar va harakatlar ham tashkil topdi) oshkoralikni kengaytirish, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni faollashtirish, o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari, xususan, an’ana va marosimlarni qayta tiklash, shuningdek, respublika hayotida Markaz hukmronligiga barham berish hamda O‘zbekistonning tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishish talablari bilan chiqdi. Biroq bu harakat va partiyalarning rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston Prezidenti va O‘zbekiston Oliy Kengashi siyosatiga muxoliik yo‘liga o‘tdilarki, bu narsa jamiyatdagi fuqarolar totuvligi va hamjihatligiga putur yetkaza boshladi. Shundan keyin 1992-yildan “Birlik” va “Erk” O‘zbekiston hududida o‘z siyosiy faoliyatini to‘xtatdi. O‘zbekiston SSRda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi. 1990-yil 24-martda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n ikkinchi chaqiriq I sessiyasida O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ta’sis etildi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti qilib saylandi. Ittifoqdosh respublikalar o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi. Prezidentlik boshqaruvining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti respublikada quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |