109
natijasida vujudga kelgan. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, bunday yozuvlar
hisobot olish davomida jamlash va guruhlash vedomostlarida, shu jurnalda
guruhlanib beriladi. Jurnal orderidan tashqari erdamchi vedomostlar ham yuritiladi.
SHaklning xususiyatlaridan yana biri hisob registrlarining buxgalteriya
hisoboti tuzishga moslanganligidadir, yaoni unda ”memorial- order”, ”bosh jurnal”
shakllariga qaraganda xujjatlarning aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik
hisoblar qo’shilib ketadi, hisobotning qo’shimcha ishlarini bajarmasdan,
to’g’ridan-to’g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo’ladi va xakozo.
SHaklning
kamchiligi
hisoblash
mashinalaridan
foydalanish
chegaralanganligidadir.
Korxonalarda hisob ishlarini yuritish va xo’jalik operatsiyalarini hisobga
olishni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob yozuvlarining maolum texnika
vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda korxona buxgalteriya
hisobida sodir bo’lgan har xil xo’jalik operatsiyalari o’z vaqtida to’g’ri, izchillik
bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minotlanadi.
Buxgalteriya hisobining shakllari quyidagi asosiy printsiplariga ko’ra bir-
biridan farq qiladi.
a) sintetik hisob registrlarining tuzilmasi;
b) sintetik va analitik hisob registrlari, xronologik va muntazam registrlarning
o’zaro aloqasi;
v) buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko’rinishi;
g) buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlarni izchillik bilan yozish tartibi va
texnikasi.
Tajribada buxgalteriya hisobining juda ko’p xil shakllarini sanab chiqish
mumkin.Bularni ko’pchiligi bir-biriga mos keladi, chunki ko’plari avval qo’llanib
kelaetgan shakllarning airim elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga
kelgan.
Buxgalteriya hisobi tarixan shuni ko’rsatib turibdiki, keyingi yillarda
buxgalteriya hisobi shakllarining ko’p turliligi tipozitsiyalash tirish va
unifikatsiyalashtirish kabi ilg’or yo’nalishlarga amal qilgan holda birmuncha
qisqartirilgan.
Buxgalteriya hisobining ilg’or shaklini qo’llash masalasi juda muhim va
qiyin masaladir.Bu masalaning dolzarbligi xozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarida
personal hisoblash texnikasini intensiv qo’llash natijasida ortib bormoqda.
Xozirgi kunda buxgalteriya hisobining ilg’or shakllaridan hisobni tashkil
qilishda keng qo’llanilayotgan ayrim turlarini ko’rib chiqishdan oldin buxgalteriya
Dostları ilə paylaş: