Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A1+ o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi.
Natural sonlar va kattaliklar haqidagi bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish (9 soat, A1+: 13 soat)
Yakuniy nazorat ishi (1 soat).
Mavzularni o‘rganish uchun - 146 soat (A1+: 210 soat). Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+: 8 soat). Xatolar ustida ishlash uchun - 7 soat (A1+: 7 soat). Takrorlash uchun - 9 soat (A1+: 13 soat) Jami - 170 soat (A1+: 238soat). Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya: A1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.
A1+ Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topadi.