3- mavzu: pedagogik tizim texnologiyaning asoslari


Umuman olganda, O’quv jarayoni, mutaxassis faoliyatining ko’zgudagi aks



Yüklə 485,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix29.09.2023
ölçüsü485,33 Kb.
#150441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Мавзу

Umuman olganda, O’quv jarayoni, mutaxassis faoliyatining ko’zgudagi aks 
tasviridek bo’lishi lozim. Ularning muvofiqlik darajasi, mutaxassis tayyorlashning 
sifatini belgilaydi. 
6. Boshqariluvchanlik tamoyili. 
Pedagogik texnologiya o’qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni 
kafolatlaydi. Bunga, faqat O’quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. 
Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni 
rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o’qitish maqsadlariga erishish dasturini 
ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o’qitishning joriy natijalarini ko’p 
bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o’tkazish imkoniyatini, - ko’zda tutadi butun 
o’qitish davrida o’qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib 
amalga oshiriladi. O’qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani 
ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko’zlangan natijaga erishish uchun 
vositalar va uslublarni o’zgartirish orqali o’qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini 
beradi. Boshqarilish tamoyili, o’qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga 
muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. 
Sifatli loyihalangan O’quv jarayonining o’qitish jarayonini sifatli boshqarish, 
rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir. 
7. Qayta takrorlanish tamoyili 
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy miqdordagi mahsulot tayyorlash, 
oldindan yaratilgan texnik xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, qancha mahsulot 
ishlab chiqarish kerak bo’lsa, shuncha marta texnologik jarayon qayta takrorlanishini 
anglatadi. Yaratilgan texnologik hujjatlar mavjudligi tufayli, texnologik jarayonni ko’p 
marotaba qayta takrorlash mumkin. Ishlab chiqarish-texnikaviy sohadagi ushbu 
yondashuv. «Texnologiya» fanning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Aynan, shu ilmiy fan 
materiallarni olish, ishlov berish, qayta ishlash usullarini yaratish va takomillashtirish bilan 
shug’ullanadi. Ishlab chiqarishda, texnologik jarayonni amalga oshirish uchun texnologik 
xaritalar tayyorlanadi. O’quv jarayonini tashkil etishda, qayta takrorlanishi tamoyili ham 


shunga o’xshash ahamiyatga egadir. Qayta takrorlanish tamoyili, ma’lum fani bo’yicha 
ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani, turli guruhlarda turdosh ta’lim 
muassasalarida boshqa subyektlar bilan ko’p marotaba (takroriy) qo’llash imkoniyatini 
anglatadi. 
Ko’rinib turganidek, buning uchun, ishlab chiqilgan O’quv hujjatlari, ishlab 
chiqarish-texnikaviy sohaning texnologik hujjatlari bilan mos kelishi va bir xil talablarga 
javob berish kerak. 
Ushbu maqsadlarda, ya’ni pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini 
ta’minlash uchun pedagogik-texnologik xaritalar tuziladi. Bu O’quv hujjatlar fanining har 
bir mavzusi (moduli) bo’yicha ishlab chiqiladi. 

Yüklə 485,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin