3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə3/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

KURS ISHI TUZILISHI VA HAJMI.
Kurs ishi kirish 2 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning hajmi 42 sahifani tashkil etadi.


I. BOB. BOSHLANGʻICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA OʻRGATISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. SAVOD OʻRGATISHDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL QILISH USULLARI
Mustaqil taʻlim – muayyan fan dan oʻquv dasturida belgilangan hamda oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishni,oʻzlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan boʻlib, oʻqituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi.
Taʻlim tizimini isloh qilishda «Taʻlim toʻgʻisida»gi qonun muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur hujjatlarda taʻlim tizimini bosqichma bosqich yangilash, xalqaro talablar asosida Yangi turdagi taʻlim muassasalarini yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. «Biz nafaqat siyosiy jabhani, balki iqtisodiyotni ham, ijtimoiy hayotni ham, maʻnaviy-axloqiy sohani ham isloh qilishimiz zarur.
Yangicha taʻlim tizimini qurish, pedagogik jarayonga Yangi taʻlim texnologiyalarini kiritish, oʻquvchi-yoshlarni, talabalarni mustaqil, ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga oʻrgatish, pedagogik jarayonlarda noanʻanaviy, qiziqarli, faol innovasion usullarni qoʻllashni hozirgi kun talabi taqozo qilmoqda.
Xoʻsh pedagogik jarayonlarda bu usullardan qanday foydalanish kerak? Noanʻanaviy, qiziqarli, faol, innovasion usullarning qanday turlari mavjud? Mazkur savollarga beriladigan javoblar taʻlim jarayoni samaradorligini oshirishga oid dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi. Oʻqitish jarayonlarida noanʻanaviy taʻlim usullaridan: «Konferensiya darsi», seminar darsi, «Aralash darslar», «Oʻyinchoqlar yordamida dars oʻtish», «Kasbga bogʻlab dars oʻtish», «Badiiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish», «Evrika(oʻylab top)»; taʻlimning qiziqarli faol usullaridan: «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Roli oʻyinlar», «Sahna koʻrinishi», «Krossvordlar echish», «Zakovat savollari», «test sinov topshiriqlari», «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars oʻtish», «Sinkveyn oʻyinlari»; shuningdek, taʻlimning innovasion (yangi) usullari» Modifikasiyalashgan taʻlim», «Improvizasiya», «Aqliy hujum», «Debat», «tangʻqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan holat, vaziyatni oʻrganish, tahlil qilish», «Har kim harkimga oʻrgatadi», «Nuqtai nazaring boʻlsin», «Multimedia vositalaridan foydalanish» va boshqalarni qoʻllash muhimdir. Taʻlim jarayonida noanʻanaviy, qiziqarli, faol, innovasion usullardan foydalanish samarali tizim sifatida quyidagi shakllarda oʻz ifodasini topgan.
Noanʻanaviy usullar. Qiziqarli faol hamkorlikdagi usullar Innovatsion usullar - Konferensiya darsi; - Seminar darsi; - Aralash darslar; - Oʻyinchoqlar yordamida dars oʻtish; - Kasbga bogʻlab dars oʻtish; - Badiiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish» - Evrika(oʻylab top); - Guruhlarda ishlash (Kichik va katta guruhlarda); - Rolli oʻyinlar; - Sahna koʻrinishi; - pantomima (soʻzsiz turli harakatlar yordamida ifodalash); - Krossvordlar yechish; - Zakovat savollari; - test sinov topshiriqlari; - Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars oʻtish; - Aqliy hujum - Klaster usuli; - Muammoli vaziyat; - Muayyan holat, vaziyatni oʻrganish, tahlil qilish; - Har kim har kimga
Maʻlumki, boshlangʻich taʻlim umumiy oʻrta taʻlimning asosini tashkil etadi. Boshlangʻich taʻlimda asosiy davr savod oʻrgatish davri hisoblanadi. Savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarga tovush va harflarni qay darajada singdirish oʻqituvchining mahoratiga bogʻliq. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog oʻz mashgʻulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil yetishi taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻz mashgʻulotlarida oʻquvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovasion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Quyida biz savod oʻrgatish davrida mustaqil ta’limning «Improvizasiya» metodini turli koʻrinishlaridan namunalar keltirmoqchimiz.
Bu metod «Klaster» metodining aksi boʻlib, turli oʻxshash fikrlarni bir fikrga jamlashdan iborat. Masalan, doskaga «anjir» soʻzini yozib, qaysi harf bilan boshlanishi soʻraladi. Yana «anor», «archa», «arra», «ana» soʻzlari ham yoziladi va qaysi harf bilan boshlanishi oʻquvchilardan soʻraladi. Oʻquvchilar barcha soʻzlarni «A» harfi bilan boshlanishini aytadi. Oʻqituvchi yozilgan soʻzlarning barchasini oʻrtadagi «A» harfi bilan tutashtiradi yoki «A» atrofiga jamlaydi: Yoki yana bir namuna А Anjir Anor Ari Archa Arra Ana R Raqs Rom Ruchka Rubob Randa Rasm Boʻgʻinlarni ham oʻrtaga jamlab, soʻz hosil qilish mumkin. Bu ham «Iprovizasiya» metodi hisoblanadi.
Masalan: Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun etarli darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning generatorlariga ofe yoki salqin ichimliklar ulashadi va hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emocional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum” rahbari etarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomila qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni echish mumkin. Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi. ra mar ar qir dur bar sup Bu tadbirlarga amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi.
“Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi.

Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin