3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari


Mustaqil ishlarni tashkil etish orqali bilim samaradorligini oshirish yoʻllari



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə8/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

2.2.Mustaqil ishlarni tashkil etish orqali bilim samaradorligini oshirish yoʻllari.
Har bir oʻquvchining taʻlim - tarbiya jarayonidagi faoliyati oʻziga xos boʻlib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda koʻrish albatta nooʻrin. Oʻquvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta.
Oʻquvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash oʻqituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yoʻllar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida oʻrganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni oʻrgatishni oʻz ichiga oladi.
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.
Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak.
O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi.
O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib tayanch so`zlar tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z boyligi yetarli emas. Ma`lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasigatasir koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida belgilanishicha – “Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetkunlaricha boqish va tarbiyalashga majburdirlar”. Ushbu qoidaga muvofiq ota-onalarning oʻz farzandlari oldidagi majburiyatlari huquqiy kafolatlangan va farzandini voyaga yetkazish, tarbiyalash otaonaning burchi ekanligi uqtirilgan.
Farzand dunyoga kelganidan soʻng, uni voyaga yetkazish, moddiy taminlash, oʻqitish tarbiya berish ota-ona zimmasidagi yuksak masulyatdir. Ana shunday masulyatli ishlarga befarqlik, bepisandlik bilan munosabatda boʻlish kechirib boʻlmaydigan hollarga olib kelishi hammaga ayon.
Bolaga gʻamxoʻrlik, uning oiladagi huquqini taminlash masalalari muqaddas Qur`oni Karim, hadis kitoblarida, oʻtmish allomalarimizning pand-nasihatlarida ham teran aks etgan. Muqaddas Qur`on kitobida keltirilishicha, bola Olloh tomonidan otaonaga omonat topshirilgan. Olloh ana shu omonatni voyaga yetkazish, ilmli, oqil, halol inson qilib tarbiyalashni esa ota-ona zimmasiga yuklagan. Maʻlumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda oʻqish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga taʻsir koʻrsatishi tabiiy holder . Bolalar ulgʻaya boshlashi bilanoq oʻz ota- onalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan oʻrinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Oiladagi hamkorlikning tarbiyaviy jihatdan toʻgʻri boʻlishini taʻminlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki taʻsirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilikhamkorligi xozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir .
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo`ldi? Seningcha qanday bo`lishi kerak edi? Kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz ! kabi rag`batlantiruvchi so`zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, “O`roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O`roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e`tiborini tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o`rgatiladi.
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo`lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi - yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og`zaki yoki yozma tarzda bo`lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o`ylaydi, fikrini og`zaki jamlaydi, so`ng uni yozishga kirishadi. O`z fikrini bayon qilish, yo`l qo`yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og`zaki) nutq asosida paydo bo`ladi va mustahkamlanadi.
Masalan, o`quvchi o`z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o`ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o`z-o`zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o`qib, og`zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o`ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin va qiziqish uyg`ota olsin;
-ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin, o`quvchiga tushunarli bo`lsin;
-ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda ular o`zlarida dadillik sezsin;
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga eʻtibor berish kerak.
-topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;
-topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko`niktirish lozim -ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo`lmasligi) kerak;
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim.
-Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan`anaviy usullardan keng qo`llash; -Ko`rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish; -O`quvchilarga do`stona munosabatda bo`lish; -O`qish sifati va samaradorligiga e`tibor berish; -O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan foydalanish; -Nutq o`stirishga alohida e`tibor qaratish; -Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish; -Lug`at ustuda ishlashga o`rgatish; -Xalq og`zaki ijodidan foydalanish; -“She`riyat gulshani”, “Ifodali o`qish” kabi to`garaklar tashkil etish; -Bo`sh vaqtlarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish; - Fanlar a`robogjiqlikka ahamiyat berish.
O`quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o`zlashtirgan o`quvchiga alohida e`tibor qaratish lozim.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli, tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda darslarda oʻqituvchi oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega boʻladi. Oʻquvchilar mustaqil ishlash jarayonida oʻzlashtirishning turli koʻrinishlaridan foydalanishadi, yaʻni oʻzlashtirilayotgan maʻlumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda oʻziga xos tafovutlarga tayanadi. Shu tariqa oʻzlashtirish natijalari ortib boradi, olingan bilimlar mustahkamlanadi. Taʻlim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida taʻlim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Taʻlimning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, taʻlim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib boʻlishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda taʻlimning maqsadi imkoniyatlaridan toʻgʻri, aniq, oʻrinli foydalanish koʻnikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy gʻoyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni maʻnaviy boyitishdan iboratligi taʻkidlangan. Taʻlimiy maqsad asosida oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, ogʻzaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa maʻnaviy, gʻoyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til oʻrganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo boʻladi. Ulugʻ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, oʻqit», degan ekan. Yurtimizda taʻlim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy maʻnoda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin maʻnoda bir necha yuz yillarga tatiydigan oʻzgarish boʻldi, desak xato boʻlmaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shuni takidlab oʻtganlarki “Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli taʻlim olish imkoniyatiga ega boʻlishiga erishish, ularning oʻz qobiliyati va isteʻdodini roʻyobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.” Shunday ekan biz pedagoglar qoʻlimizdan kelguncha oʻquvchilarni bilim darajalarini oshirish va rivojlantirishimiz lozimdir.
Maʻlumki yozish sanʻati yozuvchining feʻl atvori, bilimi va qanchalik darajada mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan dalolat berar ekan, demak biz oʻquvchilarni chiroyli va savodli yozishga oʻrgatish orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin. Oʻquvchilar savodli yozish orqali eʻtiborli, irodali, tartibli boʻlishga oʻrganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli boʻlgan fazilatlardan biridir.
Oʻquvchilarni yozishga oʻrgatishga bagʻishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishimda men ana shu masalani koʻrib chiqdim. Unda asosan oʻquvchilarni yozishga oʻrgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga oʻrgatish usullari va boshqa masalalarga eʻtibor berildi.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda boshlangʻich taʻlim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarga beriladigan til taʻlimi va tarbiyasi oʻzgacha yoʻnalish, oʻzgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini oʻqitishda pedagogik texnologiyalarning ilgʻor usullariga tayanib ish koʻrmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus oʻquv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlangʻich taʻlimning samaradorligini oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu 1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
Oquvchilarni savodli yozishga oʻrgatishda quyidagilarga amal qilish orqali samaradorlikka erishishimiz mumkin:
- bolalar ruhiyatini chuqur oʻrganib, ularning har biriga oʻziga xos munosabatda boʻlish;
- dars jarayonida, darsdan keyingi mashgʻulotlarda bolaning doimo yaxshi kayfiyatda boʻlishini taʻminiashga;
- oquvchilar yozish jarayonida eng koʻp yoʻl qoʻyayotgan xatolarga eʻtibor berish;
- savodli yozish daqiqalarini otkazish;
- oʻquvchilarni oʻz xatolari ustida ishlashga oʻrgatish;
- turli didaktik oʻyinlardan foydalanib yozish malakalarini oshirish;
Darslarga mana shu tarzda yondoshish orqali biz oʻquvchilarni savodli yozishga oʻrgatib borishimiz mumkin boʻladi deb hisoblayman.



Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin