3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə7/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

1. Asarni ichda oʻqish. 
1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim soʻzlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni oʻqishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. Oʻquv yilining ikkinchi yarmidan boshlab ichda oʻqib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni oʻqish va oʻz soʻzi bilan gapirib berish, matndan oʻqituvchi bergan savolga javob boʻladigan oʻrinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

2. Oʻqilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-eʻtibor bilan oʻqishga oʻrgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval oʻquvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini oʻzlashtirsalar, keyin asarning asosiy gʻoyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar oʻrtasidagi sabab-natija bogʻlanishlarini tushunadilar.

3. Oʻqilgan asar mazmunini toʻliq anglash, bilib olish uchun
oʻqituvchi topshirigʻini bajarish.
 Topshiriqlar quyidagicha boʻlishi mumkin:

a) Oʻqing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. (ʻOmonatga xiyonatʻ, IV sinf)


b) Oʻqing va nima uchun hunarsiz kishi oʻlimga yaqinligini tushuntirib bering. (ʻHunarsiz kishi oʻlimga yaqinʻ, IV sinf) va hok.
4. Oʻqilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) oʻqilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi soʻzlar yoki oʻz soʻzi bilan sarlavha qoʻyish;
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish oʻquvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni toʻgʻri tashkil qilish uchun material tanlashda oʻqituvchiga yordam beradi.
Mustaqil ish mashqning faol turi boʻlib, uni bajarish jarayonida oʻquvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga oʻrganadilar. Bir vaqtning oʻzida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega. Oʻqish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. Oʻquvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va oʻquvchilar saviyasiga mos boʻlishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil boʻlib, uni tanlashda oʻquvchilarning tayyorgarligi, oʻqiladigan matnning xarakteri, asarni oʻrganish bosqichi hisobga olinadi.
Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Asarni ichda oʻqish. 
Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Asarni ichda oʻqish. 
2. Oʻqilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. 
3. Oʻqilgan asar mazmunini toʻliq anglash, bilib olish uchun oʻqituvchi topshirigʻini bajarish. 
4. Oʻqilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. 
Maʻlumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir. Ona tili taʻlimiga oʻquv fani emas, balki butun taʻlim tizimini uyushtiruvchi taʻlim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar taʻlimiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa oʻquv jarayonini mukammal isloh qilish, taʻlim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, taʻlimning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda oʻquvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uygʻotishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashgʻulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim oquvchilarda ona tiliga muhabbat, oz yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz hurmat va sadoqatni ostirishi lozim. Boshlangʻich sinflarda ona tili taʻlimi, yuqorida taʻkidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat aʻzolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin