3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari


Savodga oʻrgatish darslarida mustaqil ishlarning ahamiyati



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə5/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

1.2.Savodga oʻrgatish darslarida mustaqil ishlarning ahamiyati
Oʻquvchilarni faqat oʻqituvchi rahbarligidagina emas, balki oʻzlarini mustaqil ravishda ishlashga ham oʻrgatib boriladi. Darsning 8-10 minutini mustaqil ishlashga ajratish uni qiziqarli oʻtkazishda didaktik materiallar katta yordam beradi. Savod oʻrgatish davrida didaktik materiallardan foydalanish nutqni oʻstirish ishining asosiy poydevori boʻlib xizmat etadi. Dastlabki mashgʻulotlarda tagiga boʻgʻin va soʻzlar yozilgan turli rasmli kartochkalardan foydalaniladi, bolalarning hali oʻqish-yozishni bilmasliklarini hisobga olib, bunday rasmli kartochkalarni guruhlarga boʻlib, konvertlarga solinadi va har bir konvert ustiga shu narsaning nomini yozib, rasmi yopishtiriladi. Bu konvertlar oʻquvchilarga ulashiladi. Bolalar konvert ichidagi narsani konvert ustidagi rasmga qarab oʻqish malakasini hosil qilgach esa konvert ustidagi yozuvni oʻqish yoʻli bilan ajratib, topshiriqni mustaqil bajaradilar.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning shu rasmlarda tasvirlangan narsalar bilan tanish yoki tanish emasligini kuzatadi, ularga shu rasmlar haqida qisqa va tushunarli savollar beradi va savollariga javob oladi. Masalan, konvertlar ichidan uy hayvonlarining rasmlarini olish va tagidagi soʻzni oʻqish vazifasi topshiriladi. Bolalar oʻqituvchining bu topshirigʻini bajaradilar: rasmlarni olib, soʻzlarni oʻqiydilar. Agar soʻzning bosh harfi yoki bir boʻgʻini tushirilgan boʻlsa, nuqtalar oʻrniga unga mos harf yoki boʻgʻinni kesma alfavitdan topib toʻldiradilar.
Mustaqil ishlashda didaktik tarqatmalardan qancha koʻp foydalanilsa, oʻzlashtirish shuncha yaxshi boʻladi.
Har bir narsa uchun juda koʻp andazalar (applikatsiyalar) tayyorlash va didaktik ishlar jarayonidà ulardan oʻrinli foydalanish oʻquvchini ijodkorlikka undaydi. Masalan, mevalarning rasm-andazasiga qarab ishlashda quyidagi topshiriqni berish mumkin:
- Bolalar, mana bu yerda olma, oʻrik, shaftolilarning rasmlarini koʻrdik, yana qanday mevalar boʻladi? Hammangiz oʻz konvertingizdan qolgan meva rasmlarini olib, partaga tering-chi.
Oʻquvchilar bu ishni zavq bilan bajaradilar. Oʻqituvchi oʻquvchilar ishidan vazifaning qanchalik toʻgʻri bajarilganligini koʻzdan kechiradi. Bu kabi ishlarni sabzavot, uy-roʻzgor asboblari, gullar rasmi ustida ham oʻtkazish mumkin. Uquvchilar mustaqil ishlarni juda qiziqib tez va yaxshi bajarishga, oʻrtoqlari oldida oʻz bilimini namoyish qilishga intiladilar.
Didaktik materiallar maktabga turli tayyorgarlikda kelgan bolalar bilan bir vaqtda, xilma-xil usullardan foydalanilgan holda ishlashga ham katta yordam beradi. Oʻqituvchi vazifani tez bajarishga ulgurayotgan bolalarga didaktik materiallarning murakkablaridan, uydan kelgan bolalarga esa soddaroqlaridan berib, unga mos vazifalar topshiradi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga qizil, sariq, koʻk rangdagi narsalarni koʻrsatib qanday narsalar: meva, sabzavot oʻyinchoqlar shunday rangda boʻlishini soʻraydi. Shundan keyin bolalar olcha, anor, kulupnay, pomidor, bayroq kabi bir qator narsalarning qizil rangdaligini eslab, aytadilar. Bunday mustaqil fikrlash bolalarning aktivligini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi, lugʻatini boyitadi.
Turli xildagi oʻyinlar: choʻplardan turli shakllar; burchak, toʻrtburchak, narvoncha va ayrim xarf shakllarini yasash boshqa ishlar bilan navbatlashtirib olib boriladi. Bu ishlar uchun dars orasida 7-8 minut vaqt ajratiladi.
Didaktik materiallardan oʻquvchilarning erkin ijodiy ishlarida ham foydalanish mumkin. Uqituvchininã ruxsati bilan oʻquvchilar, rangli shakllardan foydalanib, turli qutichalar, gilamcha rasmlarini chizadilar. Bu mashgulotlardan bolalar burchak, tomon, oʻng, chap, ost, ust haqida konkret tasavvur hosil qiladilar, oʻrtoqlari bilan hamjihat boʻlib ishlashga oʻrganadilar.
Bolalar nutqini oʻstirishda turli xil didaktik oʻyinlarni tez-tez tashkil etish yoʻli bilan berilayotgan bilimni tez oʻzlashtirish imkoni tugʻiladi. Agar oʻyin bolalarga dinamik tarzda oʻrgatilsa, ular oʻyinni oʻrganib olganlarini sezmay qoladilar, oʻyin jarayonida oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirishga aslî qiynalmaydilar.
"Oʻyinlar bolalarning toʻgʻri oʻsishida juda muhim rolʻ oʻynaydi. Bola oʻyinga butun borligʻi bilan kirishib ketadi. Oʻyin jarayonida uning nutqi tez rivojlanadi". Oʻyinlar, xususan didaktik oʻyinlar, bolalarning tabiiy ehtiyoji-harakatchanligiga juda mos keladi. Shuning uchun ham bolalar oʻyinni juda sevadilar.
Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi kichik bolalarning nutqini oʻstirishda oʻyin muhim oʻrin tutadi.
Didaktik oʻyinlarning qariyb hammasida, masalan, "Boʻgʻinlarga ajrat", "Qaysi harfdan" kabi oʻyinlarda harakat elementlari bolalarning jismoniy va aqliy oʻsishlariga katta ta`sir etadi.
Bolalarda sezgirlikni va eshitish, koʻrish, harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishda, ayniqsa didaktik oʻyinlarning ahamiyati katta. Masalan, "Jimjitlik", "Nimani taqirlatyapti?", "Tuk-tuk", "Kim nimani eshityapti?" va boshqa shu kabi oʻyynlarda bolalarning xotira va eshitish qobiliyati, shuningdek, diqqati oʻsadi.
Ilmiy metodik jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan didaktik oʻyinlarni bolalarning zoʻr quvonch bilan oʻynashi tajribada hamisha koʻzga yaqqol koʻrinib turadi. Har bir oʻyin mobaynida bolalarning diqqati, zehni taraqqiy etib boradi. Oʻqish paytida bolalar birbirlarining harakatlarini kuzatadilar, hech narsani koʻzdan qochirmaslikka, oʻyin qoidalarini va berilgan vazifalarini esda saqlab qolishga tirishadilar. Bundan tashqari oʻyin paytida oʻquvchilar oldin oʻrganilgan materiallarga asoslanib ish tutadilar, natijada bu material bolalar xotirasida yana ham mustahkam oʻrnashib qoladi.
Didaktik oʻyinlar bolalarda har bir narsani bilishga intilish hissini uygʻotadi, ularning aqliy ish bilan aktiv shugʻullanishiga imkon beradi, kuzatuvchanlik, narsa va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, aniqlash qobiliyati hamda nutqi oʻsa boradi.
Didaktik oʻyinlar bolalarni ongli harakat qilishga oʻrgatadi.
"Didaktik oʻyinlar birinchi va ikkinchi signal sistemalari birligini, koʻrsatmalilik, soʻz va harakat birligini mustahkamlaydi. Didaktik oʻyinlarda oʻquvchi oʻqituvchining birorta gapini ham eshitmasdan qolmasligi kerak, aks holda, oʻquvchi oʻyin qoidasini yaxshi bilib ololmaydi, oʻyin topshirigʻini oʻz vaqtida bajara olmaydi, boshqalardan orqada qolib ketadi". Shu nuqtai nazardan bolaning xotirasini, diqqatini mustahkamlashda, soʻz boyligi va nutqini normal oʻstirishda didaktik oʻyinlarning katta ahamiyati bor.
Bolalar oʻyin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida ertangi oʻquv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.
"Oʻyin paytida bolalar psixikasining individual xususiyatlari, ularda shartli reflekslarning paydo boʻlish tezligi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon boʻladi. Bu esa oʻqituvchiga oʻquvchilar faoliyatiga individual munosabatda boʻlish imkonini beradi".
Didaktik oʻyinlarning eng soddalaridan biri "Davom ettir" oʻyinidir. Bunda oʻqituvchi bir soʻzning boshlanishini, ya`ni birinchi yoki birinchi va ikkinchi boʻgʻinini aytadi, oʻquvchilar esa uni davom ettiradilar. Bu oʻyinda ishlatiladigan soʻzlar ikki-uch boʻgʻindan oshmasligi kerak. Bunday soʻzlarni bolalarning Gul-nor, Xol-mat, Joʻ-ra, Nodi-ra, A-za-mat kabi ismlaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Keyin esa sha-mol, laylak, tul-ki, bo-la, uch-di, oʻy-na-di kabi narsa va ish-harakat nomlari aytiladi. Oʻyin oxirida oʻqituvchi bir-biriga oʻxshash 3 - 4 soʻz aytadi. Masalan: Nodira-Nazira, NormatXolmat, Non-don, suv-sut, choy-soy kabi. Keyin bolalarga shu singari soʻzlarni oʻylab topishni aytadi.
Didaktik oʻyinlardan topishmoq, tez aytish kabi oʻyinlar ham ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, bolalarga ruhiy oziq beradi.
Savod oʻrgatishning soʻnggi davrlarida oʻqituvchi bolalarning kundalik hayoti, oʻyinlari aks ettirilgan rasmlar solingan konvertlarni oʻquvchilarga ulashadi va konvert ichidagi rasmlarning mazmuni boʻyicha kichik hikoya aytib beradi. Masalan, "Yoz kunlarining birida bolalar choʻmilgani koʻlga bordilar. Lola bilan Salim qayiqda suzdilar. Boshqa bolalar maza qilib choʻmildilar" hikoyachasini aytgach, bolalarga shu hikoyachaga taalluqli rasmni topish vazifasini topshiradi. Oʻquvchilar uni topib, parta ustiga qoʻyadilar.
Oʻqituvchi: "Endi, bolalar, rasmni tomosha qiling-da, men rasmdagilar haqida nimalarni aytmadim, toping-chi?" -dey-di. Oʻquvchilar rasmni kuzatib, uzoqda bolalar savatlarga meva toʻldirib, uylariga kaytayotganliklari haqida bilganlaricha gapirib beradilar. Konvertdagi boshqa rasmlar yuzasidan ham ish shunday oʻtkaziladi. Rasm tanlashda bolaning yoshi, qiziqishi, rasmning mazmuni e`tiborga olinadi.
Oʻyin mashgʻulotlari bolalar nutqini oʻstirishi bilan birga, ularning aqliy qobiliyatlarini, ma`naviy-axloqiy sifatlarini, kollektiv bilan muomala qila bilish odatlarini tarkib toptiradi, kuch-quvvatlarini orttiradi. Bulardan tashqari, oʻyin vaktida bolalarda oddiy mehnat malakalari ham hosil boʻla boradi.
Alifbe davrida bolalar juda koʻp oʻyinlar bilan tanishadilar, ular yordamida oʻqish va yozishni oʻrganadilar. Alifbe davridan soʻng esa ular "Ona tili va oʻqish savodxonligi" kitobi orqali bilimlarini kengaytiradilar. Bu jarayonda didaktik oʻyinlar ham oʻz xususiyatiga koʻra murakkablashib boradi.
Shuni eslatib oʻtish joizki, ona tili va oʻqish darslarida qoʻllash uchun tavsiya qilinayotgan didaktik oʻyinlar foydalanishga qat`iy chegara mavjud boʻlmay, boshqa yuqori sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin.
1)Tinch oʻyinlar. Oʻzim tekshiraman. Bunday oʻyinlarni oʻtkazishda oʻqituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Boshlangʻich sinflarning har bir sinfida darsning boshlanishida qoʻllash mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha daktantni yozib boʻlgach, oʻqituvchi doskaga diktantni yozib koʻrsatadi. Oʻquvchilar esa oʻqituvchining yozganiga qarab, oʻzlari yozgan diktantni tekshiradilar.
Diktant oldin doskada yozilib, usti yopib qoʻyilgan boʻlsa, oʻqituvchi pardani ochadi. Bunday diktantlarni alifbe davrida ham qoʻllash mumkin boʻlib, oʻqituvchi avval faqat harflardan soʻngra (undosh harflar bilan tanishtirgach) boʻgʻinlardan iborat diktant yozdirishi mumkin. 1-variant: Oo, Ii, Uu, Ff, O`o`. 2-variant: -Io, -no, -ta, -mi,-un. 3-variant: Bola, lola, ona, zo`r, par. 4-variant: Bugun havo issiq.
2) Harakatli oʻyinlar. 1. U nima qilyapti? ("pantamimo")
Oʻquvchilardan biri bolalar oldiga chiqib ovozsiz harakatlar qiladi. Oʻquvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim. Bunday oʻyin oʻqishga ona tili darslarida oʻquvchilar nutqini oʻstirish, ziyraklik va zeriktirmaslik uchun oʻtkaziladi.
3) Aralash turdagi oʻyinlar.
1. Nima yoʻqolib qoldi?
Stol ustida bir necha yoki aloxida buyumlar surati tushirilgan kartochkalar joylashtiriladi. Oʻquvchilar stol ustini yaxshilab kuzatib, narsalarni eslab qoladilar. Shundan keyin oʻqituvchi oʻquvchilarga bildirmasdan ularning bittasini olib qoʻyadi. Oʻquvchilar stol ustidan nima yoʻqolib qolganini topishlari lozim. Bu oʻyindan darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarga foydalanish mumkin. Bu oʻyin, ayniqsa, alifbe davrida harflarni oʻrganish jarayonida juda qoʻl keldi.
Bu xildagi oʻyinlar bolalarning bilim hamda tasavvurlarining kengayishiga, eng muhimi, soʻz boyliklarining oshishiga, shuningdek, nutqlarida tovush talaffuzining aniqlashishiga katta yordam beradi.

Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin