3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə4/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

Masalan,
1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi 2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo`ladi! 4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!
Klaster” metodi.
“Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Stil va Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanishi mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish va ular o`rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi. “Klaster” metodining qoidalari “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda “Klaster” metodi Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang. qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar): “Qaror shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo`laniladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilish, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qaror qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a`zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari MUAMMO 1-g`oya 2-g`oya 3-g`oya QAROR batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a`zolari bir to`xtamga kelib oladilar. 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a`zolari o`z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o`qituvchi rahbarligida barcha o`quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug`ilgudek bo`lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi.
Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi. Savod oʻrgatish davrida «Klaster» metodidan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Misollar keltiramiz: Yoki boshqacha namunasi: Da nak ra dil la E kin tak lak shik «Klaster» metodini savod oʻrgatish davrida faqatgina harf, tovush, boʻgʻinlar va soʻzlar uchun yemas, tovush va harflarni oʻrgatishda rasmlardan ham tuzsa boʻladi. Masalan: Xullas, savod oʻrgatish davrida innovasion metodlardan foydalanish oʻquvchilarning savodxon boʻlishlarida, DTS talablarida qoʻyilg an bilim va koʻnikmalarni oson va qiziqarli yegallashlarida muhim roʻl oʻynaydi.
Savod oʻrgatish juda muhim mas`uliyatli va ayni vaqtda oʻquvchining yesida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr hisoblanadi.Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar oʻquvchi tomonidan muvaffaqiyatli oʻzlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va ogʻzaki nutqiy koʻnikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq. Shuning uchun ham yoshlarni oʻqitish va ularni hayotga tayorlashda savod oʻrgatish mashgʻulotlariga alohida e`tibor beriladi. Har bir tovush –harfning talaffuz qilinishi va yozilishini mukammal oʻzlashtirib olishlari uchun hilma- hil mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirish oʻquvchida mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash koʻnikmasini shakllantirishga bogʻliq.
Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar oʻquvchi imkoniyatlarini toʻla ishga solish, har bir tovush va harfning yeng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu davrda qoʻllaniladigan grammatik oʻyinlar ham hilma-hil boʻlib , oʻquvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash , oʻzi bajargan ishdan zavqlanish imkoniyatini yaratadi . 1-sinf bolalariga bilim berish oʻyin asosiga qurilsa samarali natijalarga yerishish mumkin . Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik , oʻqish va yozuv darslarini qiziqarli tashkil yetish , sidirgʻali oʻqish, husnixat malakalarini shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashgʻulotlarini toʻgʻri tashkil qilsh ,oʻyin shaklida uyushtirish zarur .
Oʻquvchilar bilan grammatik oʻyinlar uyushtirilar yekan , ularga barcha oʻquvchilarni toʻgʻri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yo`l qoʻyadigan oʻquvchilarni koʻproq jalb qilish kerak . Savod oʻrgatish davrida qoʻllaniladigan grammatik oʻyin turini tanlashda sinf oʻquvchilarning hususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilgʻor boshlangʻich sinf oʻqituvchilari birinchi sinf oʻquvchilarini savodga oʻrgatish jarayonida foydalanish uchun koʻplab didaktik oʻyinlarni ijod qildilar. Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga yerishmoqdalar.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetikadan bir qator bilimlarni yegallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz yetilishi, jufti bor va jufti yo`q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlangʻich sinflarda qoʻllaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida toʻgʻri yozishda qoʻl keladi. Shuningdek bu sinflarda boʻgʻin va uning turlari, urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlar, tovushlarning bir-biriga ta`siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini oʻzlashtirib olish bir qator murakkabliklar tugʻdiradi. Shu tufayli boshlangʻich sinflarda fonetikaga oid didaktik oʻyinlardan foydalanish qoʻl keladi.
Soʻz tuzish “ oʻyini . Oʻyin savod oʻrgatish davrida oʻtkaziladi . Bu oʻyinlarni bajarish oʻquvchilarga tovushning soʻz hosil qilishidagi ahamiyatini toʻlaroq tushunib olish imkonini beradi. Oʻquvchilar ushbu oʻyinda ishtirok yetar yekan, soʻzlarning turlituman usullar bilan hosil boʻlishi katta qiziqish uygʻotadi. Oʻzlari hosil qilgan yangi soʻzlardan bevosita zavq olishga muvaffaq boʻladi. Soʻz tuzish oʻyini savod oʻrgatishning tarkib –tahrir (analitik –sintetik) tovush metodi asosida bajariladi. Ushbu metodning ikkinchi qismi tuzish ,qurish ,birlashtirish singari ma`nolarni bildiradi. Soʻz tuzish oʻyini ham aynan soʻzga hilma-hil tovushlarni, boʻgʻinlarni qoʻshish orqali hosil boʻladi. Bu oʻyinni bajarishda soʻzga turli hil usullar bilan tovush qoʻshib yangi soʻz hosil qiladi.

Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin