3-7 I. Bob. Boshlangʻich sinfda bolalarni savodga oʻrgatishning ilmiy-metodologik asoslari


Boshlangʻich taʻlim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o`quvchilarning



Yüklə 138,36 Kb.
səhifə2/9
tarix22.09.2023
ölçüsü138,36 Kb.
#146983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Savod o\'rgatish darslarida o\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

2. Boshlangʻich taʻlim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o`quvchilarning
mustaqil ishlarida savod ko`nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va
kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yoʻllari koʻrsatib berildi.
3.Boshlang`ich taʻlimda sinfdan tashqari savod darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samaradorligini taʻminlovchi samarador mеtodlar asoslandi.
4. Boshlangʻich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro`yxati tuzildi.
5. Boshlangʻich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.
6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.
Kurs ish natijalarining joriy qilinishi. Oʻqituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola oʻzi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuygʻu hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu oʻrinda oʻqish darslari alohida oʻrin tutadi.
Jamiyatimiz yuqori maʻlumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, oʻz bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol oʻynaydi. Shu tufayli darsga boʻlgan talab ham oʻsib boradi. Darsga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir.
Oʻquvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy taʻsir qiladi.Ona tili darslarida oʻqitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashgʻulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qoʻsha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar toʻplash, toʻplangan dalillarni taqqoslash yoʻllarini oʻrgatish oʻqituvchining asosiy vazifasidir.
Dars – ijodiy jarayon. Darslarda oʻquvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy ettirilsa, ular oʻz oldiga qoʻyilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar.Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini oʻrganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi.Ijodiy fikr yuritish oʻquvchilarda evristik layoqatni oʻstiradi.

Yüklə 138,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin