Beshinchidan, Tog‘ay Murodning boshqa asarlaridagi kabi romanlarida ham о‘zbek xalqi tarixi , madaniyati, urf – odati bosh mavzu bо‘lib, ularda milliylik, milliy xususiyat asarning boshidan oxirigacha kо‘rinib turishligini aniqladik.
Oltinchidan, Tog‘ay murod romanlarida shaxs erki, insoniy qiyofasi, qalb va qadriyatlar masalasi muhim о‘rin tutishligini tadqiq etdik. Yozuvchi bu qarashlarni qahramonlar taqdiri, о‘y – hayollari orqali yorqin ochib bera olgan.
Yettinchidan, “Otamdan qolgan dalalar” romanini tanqidchilar о‘ziga xos yangi uslub va yо‘nalishda yaratilgan, roman janrlariga tо‘la javob beradigan asar sifatida baholashdi.
Tog‘ay Murod eng avvalo yuksak milliylik ruhi bilan kishini о‘ziga rom etadi. Adib asarlaridagi milliylik asar qahramonlarining hatti –harakatlari , о‘y – fikrlari, kechinma va tashvishlari bilan о‘ta hayotiy, samimiy holda badiiy matn tarkibiga singdirib yо‘borilgan. Shuning uchun ularning xarakter – hislatlari , sо‘zlash moneralari о‘zaro munosabat , sof о‘zbekona hayot, о‘zbekona ruhdan bir oz yiroqlashgan kishilar uchun g‘ayritabiiy tuyuladi. Inson ruhiyatini , diqqat – e’tiborini esa g‘ayritabiiy tuyulgan oddiylik , hayotiylik kо‘proq о‘ziga tortadi.
Tog‘ay Murod qissalarining qahramonlari qishloqning tо‘pori kishilari: birlari elkasi er kо‘rmagan polvon, birlari mohir chavandoz, yana birlari esa hayotni samimiyligiga tikka boqqan dovyurak yigit. Ular dunyoning mashhur emas, hatto о‘z viloyatlarining dorulfununlarida ham tahsil olmagan mehnatkash insonlar. Lekin ulardan har birining hayoti , inson umrining mohiyati va qadri, ona yurt sha’ni haqida о‘z falsafalari bor. Bu falsafa esa e’tiqodi deb atalmish ulkan, muqaddas buloqdan suv ichadi. Mana shuning uchun qissalar qahramonlarini hech narsa, hech kim boshqa falsafa bilan chalg‘ita olmaydi, har qanday ta’limotga , shov – shuv bо‘ladigan olamshumul voqealarga ular о‘z falsafalari, о‘z qarashlari bilan qaraydilar va baho beradilar. Bunday mag‘rur dono ruhga ega bо‘lgan insonlar esa hamisha insoniyatning ma’naviy – ahloqiy mehvarini tashkil etadi. Mana shunday miqyosdagi insonlar qahramon bо‘lgan asarlar qanday qilib kishilar nigohidan , e’tiboridan chetda bо‘lsin.