3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə1/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Hozirgi o’zbek nasrida psixologizm”


(Tog’ay Murod nasri misolida)


Reja
Kirish...........................................................................................................3-7
I.BOB. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi…………………8-11
I.1. Tog‘ay Murodning nasrdagi o’ziga xos uslubi…………………..…12-17
I.2. “Otamdan qolgan dalalar” romanida milliylik va milliy ruh.............18-28

II BOB. Tog‘ay Murod qissalaridagi ruhiy xarakterlar talqini
II.1. Yozuvchi qissalaridagi mungli qo’shiq va ruhiyat tahlili…………29-40
II.2. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida xarakter va sheriyat uyg’unligi………………………………………………….……..……………41-52

Xulosa…………………………………………………….…………….53-55

Foydalanilgan adabiyotlar ruyhati……………………………………56-57
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot inson ruhi va qalbining tarjimoni va ayni chog‘da tarbiyachisi sanaladi. Shu bois ham inson ma’naviy-axloqiy hayoti shaxs kamolatida odimiy ravishda adabiyotga tayanilgan va adabiyotdan foydalanilgan.
Demak, adabiyot shaxs tarbiyasida bosh omil ekan, unda о‘z-о‘zidan har bir xalqqa xos milliy g‘oyalar, milliy ruh aks etishi tabiiy. Shu asosda esa yoshlar, kelajak avlod qalbiga milliy xususiyatlar: an’ana va haqiqatlar, qadriyatlar va e’tiqodlar singdiriladi.
Zero,milliylik yuksak tushuncha bо‘lib, Prezident I.A.Karimov ham “Yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bо‘lishi zarur ,, ,-deb bejiz takidlanmagan edi.
“Psixologizm… yozuvchilik mahoratining eng muhim jihatidir”, asar badiiyligini asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Chunki “odam adabiyotining tasvir predmetidir. Odam tasviri yo’q joyda badiiy adabiyot yo’q, shu bilan birga “odam tasviri” demak – boshlicha odamning ichki dunyosi tasviri, uning kechinmlari tasviri demakdir.
Ko’rinadiki, psixologik tahlil qonuniy badiiy hodisa bo’lib, ijodiy talantning kamoloti darajasini, uning ta’sir doirasini belgilovchi sifat belgisidir.
Inson ruhiyatining tahlili, uni chuqur tushunish va tasvirlash mahorati – adabiyotning tub mohiyatini belgilovchi sifat darajasiga ko’tarilishi birdaniga yuz bermagan. Adabiyotning turli rivojlanish etaplarida bu problema turlicha tushunilgan. Jumladan, Arestotelning “Poetika” asarida qayd qilinishicha, badiiy asarning asosiy belgisi – tashqi hodisalarning tasviridir, xarakter esa tashqi hodisalar tasviridan keyingi vositadir.
О‘z asarlarida milliylik ruhi, о‘zbekona hayot muomila munosibat, xarakter-xususiyatlarni yuksak darajada tasvirlab, shaxs tarbiyasiga muhim e’tibor qaratgan yozuvchilarimizdan biri Tog‘ay Muroddir.Tog‘ay Murod adabiyotimiz osmonida yorqin iz qoldirib mangu yulduzga aylangan ijodkor. Uning qisqa umri davomida yaratgan salmoqli ijodiy merosi adabiyotshunoslarimiz tomonidan ,,kо‘p va xо‘p” о‘rganildi, munosabat bildirildi. Bildirilgan bu munosabatlardan Tog‘ay Murodnning shaxs va ijodkor sifatidagi qiyofasi, uning ruhiy olamini yanada yaqinroq bilish imkoniyati paydo bо‘ldi. Bunda, albatta , mahoratli munaqqidlarning xizmatlari beqiyosligini alohida e’tirof etmoq joiz. Zero, yozuvchi yoki shoir mehnati, badiiy asar salmog‘ini kitobxon ongiga yetkazishda birinchi о‘rinda munaqqidning roli katta bо‘lishi barchaga ma’lum.
Shunday ekan Tog‘ay Murod ijodining hozirgi о‘zbek tanqidchiligida о‘rganilishi tadqiq etish muhim masala hisoblanadi.
Qolaversa, yozuvchi ijodi bо‘yicha olib borilgan izlanishlar, bildirilgan munosabatlarni qiyosiy о‘rganib, muhim xulosalarga kelish birinchidan, Tog‘ay Murod ijodining olamini tahlil etish, yozuvchi asarlaridagi ramz va obrazlarni tо‘g‘ri anglashga yо‘l ochadi. Ikkinchidan, Tog‘ay Murodning insoniy qiyofasi shaxs sifatidagi о‘ziga xosliklarni yaqindan anglash imkonini beradi. Uchinchidan, yozuvchining о‘zbek adabiyotidagi mavqei, о‘z yо‘li va uslubini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu jihatlar mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin