3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi


Tadqiqot ob’ekti va predmeti



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə3/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Ishda Tog‘ay Murod ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar, xotira va estaliklar, asarlar manba sifatida olindi. Shuningdek tadqiqot davomida yozuvchining о‘z asarlariga ham murojaat qilindi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi kо‘rsatmalar, Prezident I.A.Karimovning milliy madaniyat va manaviyatni rivojlantirishga doir nazariy asarlari tashkil etiladi.
Ishning ilmiy – nazariy yо‘nalishini belgilashda I.Sulton, O.Sharofiddinov, B.Nazarov, A.Rasulov, D.Quronov, Q.Yо‘ldoshev, P.Qо‘chqor, I.Yoqubov kabi munaqqidlarning asarlari metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalari adabiyotshunoslik va tanqidchilikda bir yozuvchi ijodiga munosabat jihatidan bir necha munaqqidlar ijodini о‘rganish va shu orqali adabiyotda tanqidning rolini kо‘rsatish, tadqiq etish va tahlil qilish tajribalarini yoritish muammolarini hal etishda samarali ulush bо‘lib qо‘shilishi shubhasiz. Shuningdek, yana xulosalardan о‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida Tog‘ay Murod ijodi muammolarini о‘rganishda, qolaversa, о‘zbek tanqidchilarining adabiy jarayonga munosabati masalasini tadqiq etishda nazariy manbaa sifatida foydalanish mumkin.
Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Tog‘ay Murod ijodini о‘rganish, shu bilan bir qatorda yozuvchi ijodining ommalashishida tanqidchilarning rolini kо‘rsatish bо‘yicha ma’ruzalar о‘qishda, amaliy mashg‘ulotlar olib borishda, oliy о‘quv yurtlari filologiya fakultetida mavzu yuzasidan kurs ishlari, referatlar yozishda qо‘l keladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. O’zbek adabiyotshunosligida psixologizm muammosi yetarlicha tadqiq etilmagan. Ana shu muammoni yozuvchi Tog’ay Murod nasri misolida tahlil qilish asosiy maqsadimiz. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda ishda qu’yidagi vazifalarni hal qilish ko’zda tutilgan:

  • Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi.

  • Tog’ay Murodning nasrdagi o’ziga xos uslubi.

  • “Otamdan qolgan dalalar” romanida milliylik va milliy ruh.

  • Tog’ay Murod qissalaridagi mungli qo’shiq va ruhiyat tahlili.

  • “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida xarakter va she’riyat uyg’unligi.


Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin