3-7 I. Bob. Psixologizm muammosi va uning o’rganilishi



Yüklə 410,59 Kb.
səhifə2/11
tarix22.12.2023
ölçüsü410,59 Kb.
#190623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. Psixologizm muammosi 70-yillarga kelib maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Yosh olimlardan N.Shodiyevning “Abdulla qahhorning psixologik tahlil mahorati” (Sarob”, “Sinchalak” asarlari misolida), M.Abdurahmonovning “Abdulla Qodiriyning ijodida psixologik tahlil mahorati” nomli nomzodlik desertatsiyalari yuzaga keldi va shu tadqiqotlarning mag’zini aks ettiruvchi bir nechta maqola, risola va broshyura e’lon qilindi. B.Sarimsoqovning “Dostonlarda psixologik tasvirning xarakteri haqida ba’zi mulohazalari” yuzaga keldi.
О‘zbek adabiyotshunosligida Tog‘ay Murod asarlari xususida anchagina ishlar amalga oshirilgan. Yozuvchi asarlarining g‘oyaviy – mazmuniy jihatidan tahlil etilishi, qissa, hikoya va romanlardagi obrazlar, ularning mohiyati tanqidchilar tomonidan keng о‘rganilgan. Bu borada, ayniqsa, O.Sharofiddinov, U.Normatov, Q.Yо‘ldoshev, A Rasulov, D.Quronov, I.Yoqubov, R.Qochqor kabi adabiyotshunos, munaqqidlarning xizmatlari beqiyos. Mazkur olimlarning say – harakati bilan Tog‘ay Murod asarlarining g‘oyaviy – badiiy qimmati, estetik ahamiyati hamda Tog‘ay Murodning о‘zbek nasrida tutgan о‘rni baholiqudrat о‘z bahosini topdi. Tog‘ay Murod shaxsi keng kitobxonlar ommasiga yaqinlashdi.
Qolaversa, yozuvchi vafotidan sо‘ng 2007 yilda “Men qaytib kelaman” (Tog‘ay Murod zamondoshlar xotirasida) kitobining nashr etilishi ham yozuvchining chin muxlislari ortishi va ularning qalb sirdoshi, darddoshiga aylanishigayordam berdi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.2
Adabiyotshunosligimizda Tog‘ay Murod shaxsi va ijodi xususida bir qator ishlar yaratilgan. Biroq mazkur tadqiqotlarda yozuvchi qalbi, qiyofasi, shaxsi va qismati qay darajada yoritilgan? Ijodkor erishgan yutuqlari, adabiyotga qо‘shgan yangiliklari nimada? Uning asarlariga tanqidchilar qanday munosabat bildirishgan?
Munaqqidlarning Tog‘ay Murod asarlarni tahlilu talqin qilishdagi usullari va ayni paytda ular fikridagi о‘xshash, mushtarak jihatlari nimalarda namoyon bо‘ladi? Bu xususida A.Rasulov, D.Quronov, I.Yoqubov kabi olimlarning bildirgan mulohazalari inobatga olinmasa, boshqa tirik tadqiqot yaratilmagan.

Yüklə 410,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin