3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash


Optik nurlanish manbaining ta’minot bloki (NMTB λ=1,3 mkm)



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə5/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#166484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
2.4. Optik nurlanish manbaining ta’minot bloki (NMTB λ=1,3 mkm). Blok oldingi blokdagi bilan bir xil boshqaruv elementlaridan iborat. Farqi shundaki, RS4-TV elektr ajraladigan ulagich o‘rniga FS-SM optik rozetka o‘rnatilgan. Unga optik tolaning ajraladigan ulagichi bevosita ulanadi.
2.5. FD fotodiod, u λ=0,67 mkm to‘lqin uzunlikdagi nurlanishni qayd etish uchun mo‘ljallangan, shtativda silindrik korpusda joylashgan va foto qabul qilgich blokiga ulanish uchun RS4-TV ajraladigan ulagichli ta’minot shnuri bilan jihozlangan. Fotodiod korpusiga opravka o‘rnatilgan, unga tadqiq etilayotgan optik tola K konnektori mahkamlangan.
2.6. Foto qabul qilgich (FQQ), u λ=0,67 mkm to‘lqin uzunlikdagi nurlanishni qayd etish uchun mo‘ljallangan. 3.6-rasmda FQQ blokining old paneli ko‘rsatilgan. Unga RS4-TV ajraladigan ulagichli ta’minot shnuri yordamida FD ulanadi. Ajraladigan ulagichning blok qismi old panelda joylashgan va unga “OPTIK CHIQISH” deb yozilgan.


3.4-rasm. Maketning funksional sxemasi





3.5-rasm. Optik nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki

3.6-rasm. Foto qabul qilgich

Blok optik quvvatning o‘zgarish chegarasini almashlab ulash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Buning uchun old panelda “SEZGIRLIK” tugmachali almashlab ulagich mavjud. Old paneldagi “0,001; 0,01; 0,1; 1” tugmachalarini bosish fototok kuchayish koeffitsiyentining o‘zgarishiga olib keladi.


Optik quvvat nazorati uchun FQQ old panelida “OPTIK QUVVAT, NISB. BIRL.” raqamli indikatori mavjud. FD ning fotosezgir maydoniga tushayotgan optik nurlanish, uning p-n o‘tishi orqali o‘tayotgan tok (fototok) ning o‘zgarishiga olib keladi. Fototok fotodiodning fotosezgir maydonidagi optik quvvat qiymatiga to‘g‘ri proporsional. Shuning uchun raqamli indikator ko‘rsatkichi bu quvvatga proporsional, lekin unga teng emas. Foto qabul qilgich yordamida o‘lchash nisbiy birliklarda amalga oshiriladi.
2.7. “TOPAZ 3000” optik testeri. U λ=1,3 mkm to‘lqin uzunlikdagi nurlanish parametrlarini qayd etish uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin