2.12. Monitorning elektr ta’minoti bloki (METB), monitorning 220V/50Hz o‘zgaruvchan elektr toki tarmog‘idan ta’minotini amalga oshiradi. Telekamera va QAB ning ta’minoti monitorda ishlab chiqiladigan kuchlanish orqali ta’minlanadi.
2.13. Ostsillograf (OSTS). Uning kirishiga QAB dan ajratilgan qatorga muvofiq keluvchi signal tushadi. Telekameraning kuzatish maydonida tadqiq etilayotgan optik tola kesimi yotganligi uchun, qatorni ajratish rejimida ostsillogramma o‘zida optik tolaning ko‘ndalang kesimida intensivlikning taqsimlanishini aks ettiradi.
2.14. Ikkita yustirovka qurilmasi (YQ1, YQ2). Ular quyidagilarni ta’minlaydi:
- LD manbai va tadqiq etilayotgan optik tola kesimining konnektori (K) uchun opravkani o‘zaro yustirofkalaydi (YQ1). Bu hol sozlash, o‘lchovlarni o‘tkazish qulayligini ta’minlab, tadqiq etiladigan optik tolaga kiritiladigan optik quvvat sathini o‘zgartirish imkonini beradi;
- tadqiq etilayotgan optik tola kesimi va telekameraning o‘zaro yustirovkalaydi (YQ2).
YQ1 va YQ2 ning soddalashgan (yuqoridan ko‘rinishiga mos keluvchi) eskizi 3.8-rasmda keltirilgan.
Bu qurilmalar, kerakli elementlar biriktirilgan opravka ko‘rinishi bilangina farqlanadi. Ularning boshqaruv qurilmalari bir xil.
Asos 1 (3.8-rasm) yustirovka qurilmalarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ularda ikki tugun joylashgan. Ularning biri o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda biriktirilgan elementli opravkaning joyini chiziqli ko‘ndalang (ChK), chiziqli bo‘ylama (ChB), chiziqli vertikal (ChV) o‘zgartirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Ikkinchi tugun, ikki o‘zaro perpendikulyar yuzalarda biriktirilgan elementli opravkaning joyini burchakli - vertikal (BV) va gorizontal (BG) o‘zgartirishni amalga oshiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan 5 yo‘nalishdan biri bo‘yicha o‘zgartirishlarni amalga oshiruvchi mikrometrik vintlar rezbalarining qadami bir xil bo‘lib, 0,5 mm ni tashkil etadi. Joyini chiziqli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugun tarkibiga uchta harakatlanuvchi (2, 3, 4) platalar kiradi, ular uch o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda - mos ravishda ChB 1, 2 mikrometrik vintlar orqali (chiziqli bo‘ylama yo‘nalishda), ChK 1, 2 (chiziqli ko‘ndalang yo‘nalishda), ChV 1, 2 (chiziqli vertikal yo‘nalishda) joylarini o‘zgartirishlari mumkin.
Joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugun tarkibiga uchta bir biriga kirgizilgan 5, 6, 7-halqalar kiradi. Tashqi 5-halqa asos 1 bilan juda mahkam bog‘langan. 6- va 7-halqalar shunday biriktirilganki, ularni gorizontal (6) va vertikal (7) o‘qlar atrofida burish taminlangan. Burish BG (joyini burchakli gorizontal o‘zgartirish) va BV (joyini burchakli vertikal o‘zgartirish) mikrometrik vintlar yordamida amalga oshiriladi.
YQ1 da joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunning ichki 7-halqasiga optik manba (LD yoki YD) li opravka 8 mahkamlangan. Shu tarzda bir manbadan keyin ikkinchisini ishlatish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Eskizda ulovchi kabel ko‘rsatilgan, uning yordamida optik manba «Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki» ga ulanadi. Opravka 8 ga qutblantirgich 17 mahkamlangan. U opravkaga uning ichki yuzasidagi rezba bo‘ylab buraladi. Qutblantirgichning burilishi optik quvvat sathining o‘zgarishiga olib keladi.
YQ1 da joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunning 3-platasiga (3.8-rasm) opravka 10 mahkamlangan, unga tadqiq etilayotgan optik tolaning FC konnektori ulanadi.
3-, 4-platalarda va silindr 9 da tirqishlar mavjud, u orqali tadqiq etilayotgan optik tola o‘tadi (3.8-rasm).
YQ2 yustirovka qurilmasida joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunning ichki 7-halqasiga markaziy tirqishli silindr 11 mahkamlangan. Unga joyidan olinadigan opravka 12 FV2 vint yordamida (3.8-rasm) mahkamlangan, unda tadqiq etilayotgan optik tolaning FC konnektori qayd etiladi.
Silindr 11 va joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunning qopqog‘idagi tirqish (eskizda ko‘rsatilmagan) orqali tadqiq etilayotgan optik tola o‘tadi.
YQ2 yustirovka qurilmasida joyini burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunning 3-platasiga ichki tirqishli silindr 14 mahkamlangan. Unga telekamera 13 mahkamlangan. Silindr 14 ning tashqi yuzasida (M 40 x 0,5) rezba mavjud. Unga ob’yektiv 15 ga ega bo‘lgan opravka 16 buraladi. Telekamera ob’yektivi ishlatilgan holda rezba bo‘ylab opravka 16 ning joyini silindr 14 gacha o‘zgartirish, M monitor ekranida telekamera orqali shakllangan tasvirni sozlash imkonini beradi.
Eskizda (3.8-rasm) telekamerani monitor bilan bog‘lovchi kabel ko‘rsatilgan.
YQ2 yustirovka qurilmasi telekamera mikroob’yektiviga nisbatan tadqiq etilayotgan optik tola kesimining holatini kerakli tarzda o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.