3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash


«Optik tolalarning xarakteristikalarini tadqiq etish» o‘quv qurilmasi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə4/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#166484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
«Optik tolalarning xarakteristikalarini tadqiq etish» o‘quv qurilmasi


1. Qurilmaning umumiy tavsifi

Ushbu qurilma asosida quyidagi ishlarini bajarish mumkin:


1. Optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash.
2. Optik tolaning bukilishi tufayli yuzaga keladigan so‘nish solishtirma koeffitsiyentining tola radiusiga bog‘liqligini tadqiq etish.
Yuqorida qayd etilgan ishlarini bajarish quyidagi maqsadlarga erishish imkonini beradi:
-optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
-optik tolalarning ruxsat etiladigan bukilish radiuslarini baholash va bukilish kiritadigan so‘nish koeffitsiyentini aniqlash.


2. Maketining tarkibi va uning funksional sxemasi
Maketining funksional sxemasi 3.4-rasmda keltirilgan. Uning tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:
2.1. Optik nurlanish manbai - lazer diodi LD1, u λ = 0,67 mkm to‘lqin uzunligidagi nurlanishni ta’minlaydi. Nurlanish quvvati damlash toki Id ga bog‘liq bo‘ladi va Id = 40 mA da 5 mVt qiymatga erishadi.
2.2. Optik nurlanish manbai - yorug‘lik diodi YD, u λ = 0,67 mkm to‘lqin uzunligidagi nurlanishni ta’minlaydi. Nurlanish quvvati damlash toki Id ga bog‘liq bo‘ladi va Id = 40 mA da 5 mVt qiymatga erishadi.
LD1 korpusida mikroob’yektiv mavjud bo‘lib, u nurlanishni optik tolaning kesimiga fokuslash imkonini beradi. YD da mikroob’yektiv mavjud emas. LD1 va YD bir xil diametrli kaprolonli korpuslarda joylashgan va ta’minot blokiga ulanish uchun RS4-TV ajraladigan ulagichli elektr shnurlar bilan ta’minlangan.
Qurilmada ular maxsus opravkada joylashgan, bu o‘lchash jarayonida ularni osonlik bilan almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.

    1. Optik nurlanish manbaining ta’minot bloki (NMTB λ=0,67 mkm). 3.5-rasmda blokning old paneli ko‘rsatilgan. Unga LD1 va YD RS4-TV ajraladigan ulagichli ta’minot shnuri yordamida ulanadi. Ajraladigan ulagichning blokli qismi old panelda joylashgan va “OPTIK CHIQISH” deb belgilangan.

Blok quyidagi imkoniyatlarni ko‘zda tutadi:
- old panelda joylashgan potensiometr ruchkasi yordamida damlash tokini sozlash. Damlash tokining o‘zgarishi lazer diodining nurlanish quvvatini o‘zgartirish imkonini beradi;
- almashlab ulagich tugmasi yordamida damlash tokining o‘zgarish chegarasini (5, 50 mA) almashlab ulash;
- “NURLANTIRGICH TOKI” raqamli indikatori yordamida damlash tokining mavjudligini qayd etish.
NMTB ta’minoti 220 V/50 Hz tarmoqdan amalga oshiriladi. Blokni yoqish old paneldagi qizil rangli “TARMOQ” tumbleri orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin